Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə1/8
tarix28.12.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#200977
  1   2   3   4   5   6   7   8
MATKARIMOVA AYMAN Сугурта иши


Mavzu:SUG‘URTA KOMPANIYASINING INVESTITSIYA
SSI-84 guruhi talabasi
Tayyorladi: Matkarimova Ayman Jengisbaevna
Qabul qiqlib oldi: Matniyazova S
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTET
Sug’urta ishi fanidan
NAZORAT ISHI
Kirish
Keyingi yillarda mamlakat sug‘urta xizmatlari bozorida islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uni erkinlashtirish doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 5 apreldagi VIII- sessiyasida «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan sug‘urta kompaniyalarning investitsiya faoliyatini amalga oshirilishi belgilandi.
Sug‘urta kompaniyalari asosiy faoliyat bilan bir qatorda investitsiya faoliyatini ham amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug‘urta kompaniyalari sug‘urtaviy xizmat ko‘rsatishi o‘ziga xos xususiyatga ega ya’ni, mijoz dastlab sug‘urtalovchiga sug‘urta badalini shartnoma tuzilishi bilan to‘laydi. Sug‘urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to‘liq ko‘rsatilganligini bildiradi. Demak, sug‘urta kompaniyalarida moliya resurslarining harakati xususiyatlari shunga olib boradiki, sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish mobaynida qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan vaqtinchalik majburiyatdan holi bo‘lgan katta miqdorda vaqtincha bo‘sh mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu mablag‘larni ko‘shimcha daromad olish maqsadida turli obyektlarga investitsiya qilishlari mumkin.

Sug‘urta tashkilotlari tasarufida katta miqdordagi moliyaviy resurslarni to‘planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol investitsion siyosat yo‘li bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, sug‘urtalovchilar turli polis egalaridan olingan passiv pul mablag‘larni moliya bozorida harakat qiluvchi aktiv kapitalga aylantirishadi.

  • Sug‘urta tashkilotlari tasarufida katta miqdordagi moliyaviy resurslarni to‘planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol investitsion siyosat yo‘li bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, sug‘urtalovchilar turli polis egalaridan olingan passiv pul mablag‘larni moliya bozorida harakat qiluvchi aktiv kapitalga aylantirishadi.
  • O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, sug‘urta kompaniyalar bo‘sh mablag‘larini turli obyektlarga investitsiya qilish imkoniyati tug‘ildi. 1993-yilning 6 mayida qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunning 25-moddasida «Sug‘urta tashkilotlari o‘z moliyaviy manbalarini barqaror saqlab turish maqsadida investitsiya berishga yoki sug‘urta zaxiralari va o‘zga mablag‘lardan boshqa yo‘l bilan foydalanishga haklidir», deb ko‘rsatilgan edi. Ammo 2002-yilning 5 aprelida qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq “Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘lik bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas” deb belgilangan. Demak, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati qat’iy cheklanadi. Shuningdek, ushbu qonunning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moddasida sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga ruxsat berilgan.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin