Sug‘urta kompaniyasining investitsion jarayonlarda ishtirok etishligini uni investitsion imkoniyatlari belgilaydi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion jarayonlarda ishtirok etishligini uni investitsion imkoniyatlari belgilaydi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar belgilaydi:
1. Mijozlar soni va sug‘urta mukofoti hajmiga bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lar xajmi;
2. Muddatlar, ya’ni bu vaqt davomida ushbu mablag‘lardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Sug‘urta kompaniyasi investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug‘urta nazorati me’yorlari bilan belgilanadi. Unda sug‘urta zaxiralarining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirish tartibi belgilangan, davlat tomonidan sug‘urta investitsiyalarining ma’lum bir himoyasi ta’minlangan va sug‘urta investitsiyasining aniqlangan ustuvorligi belgilangan.
Investitsiya - bu tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatda daromad (foyda) olish obyektlariga mablag‘larni joylashtirish.
Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirish likvidlik, qaytarishlik, foydalilik va diversifikatsiya tamoyillari asosida amalga oshirilishi lozim.
Aktivlarni likvidligi deganda, sug‘urta kompaniyalari aktivlarni tezlik bilan naqd va boshqa to‘lov mabag‘lariga aylantirib, olingan majburiyatlarni tugatishga qaratilgan imkoniyat tushuniladi.
Qaytarishlik deganda, investitsiya mablag‘larini to‘liq hajmda qaytarilishi tushiniladi. Qaytarishlik tamoyillari (ishonchlilik) sug‘urtalovchilar oldiga qo‘yilmalarni xavfsiz sharoitda maksimal imkoniyatlarga, ya’ni investitsiya risklarini minumum darajasiga erishish vazifasini qo‘yadi.
Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini boshqarishni asosiy maqsadlaridan biri, bu - o‘z investitsiya faoliyatidan to‘g‘ri va oqilona foydalanishni boshqarish orqali samaraga erishishdir. Buning uchun sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- sug‘urta kompaniyasi investitsiya portfelining barqarorligi ta’minlanishi shart. Shundan investitsiya siyosati uning ishonchli bo‘lishi orqali sug‘urta kompaniyasining barqarorligi va raqobatdoshligi oshiradi;
- investitsiyaning daromadli va ishonchli yo‘nalishini ta’minlash sug‘urta kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Investitsiya portfelini samarali shakllantirishda birinchi navbatda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- sug‘urta hodisasining sodir bo‘lish va to‘lov majburiyatining bajarish extimolligi;
- investitsiya tavakkalchiligida sug‘urta zaxiralarini yo‘qotish extimolligi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosatidagi sug‘urta hodisasi extimolligi uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqadi, chunki sug‘urta kompaniyasi shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga tasodifan yetgan zararni qoplashni sug‘urta shartnomasi shartlariga asosan o‘z zimmasiga oladi. Shuning uchun investitsiya rejalashtirilayotgan to‘lov majburiyatlarining bajarilishi extimolligi asosiy omillardan biri hisoblandi.