Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot


Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə4/8
tarix28.12.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#200977
1   2   3   4   5   6   7   8
MATKARIMOVA AYMAN Сугурта иши

Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
  • – mablag‘larni joylashuvini sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga muddatlari va hajmlari bo‘yicha moslashtirish;
  • – milliy manfaatlarni himoya qilish, misol uchun, chet elga investitsiya qilish bo‘yicha mamlakat sug‘urtalovchilariga cheklovlar o‘rnatish;
  • – sug‘urtalovchilar tomonidan ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.
  • O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22 apreldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom”lar hisoblanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatiga talablarni o‘rnatadi.

Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti quyidagilar hisoblanadi:

  • Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti quyidagilar hisoblanadi:
  • – O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
  • – xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;
  • – bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
  • – kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar);
  • – ko‘char va ko‘chmas mulk (binolar, inshoatlar, jixozlar va boshqa moddiy qiymatliklar) va ularga egalik huquqi;
  • – yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;
  • – O‘zbekiston Respublikasi hududida chivarish va muomalaga kiritishga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat olib borish uchun berilgan litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo‘lgan horijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan va bozorda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar.
  • Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qonunchilikka zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham investitsiyalarni amalga oshirishi mumkin.
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlari va huquqlarini poymol qiluvchi, qurish va foydalanishning qonunchilik bilan o‘rnatilgan sanitar-gigienik, radiatsion, ekologik, arxitektura-shaharsozlik va boshqa talablariga javob bermaydigan obyektlarga investitsiya qilishi taqiqlanadi.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin