Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot


Investitsion faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə5/8
tarix28.12.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#200977
1   2   3   4   5   6   7   8
MATKARIMOVA AYMAN Сугурта иши

Investitsion faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar.

  • Investitsion faoliyatga qo‘yiladigan asosiy talablar.
  • Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z aktivlarini ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va daromadlilik tamoyillari asosida joylashtirish shart.
  • Investitsiya faoliyatini amalga oshirishda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) quyidagi asosiy shartlarni bajarishi lozim:
  • – investitsiyalarni va ular bilan bog‘liq risklarni omilkorlik bilan boshqarish;
  • – axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash.
  • Investitsiyalarni va ular bilan bog‘liq risklarni omilkorlik bilan boshqarish sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
  • – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsiya faoliyatini asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan investitsiya siyosatini tasdiqlash;
  • – investitsion faoliyatni tashkil etishga, zarurat bo‘lganda, investitsion maslahatchilarni, investitsion aktivlarni ishonchli boshqaruvchilarni yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish;
  • – investitsiya obyektlarini tahlil qilish va olingan daromadlilikni davriy baholash va sh.k.

Axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

  • Axborot tiniqligi va maxfiyligini ta’minlash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
  • – qonunchilik talablariga muvofiq tarzda ma’lumotlarni oshkor qilish;
  • – amalga oshirilgan investitsiyalar to‘g‘risida ta’sischilar oldida yillik hisobot berish;
  • – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning investitsion siyosatiga muvofiq ravishda sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xodimlari va boshqaruv organi a’zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotlardan foydalanish.
  • Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
  • a) qonunchilik talablariga rioya qilish;
  • b) moliyaviy, texnik, axborot resurslari mavjudligini ta’minlash;
  • v) investitsion riklarni to‘laqonli baholashni amalga oshirish va samarali qarorlar qabul qilish uchun malakali xodimlar bilan ta’minlash;
  • g) javobgar shaxsning mablag‘larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozma xulosalarini olish;
  • d) javobgar shaxsning Nizom bilan o‘rnatilgan malaka talablariga mos kelishligini ta’minlash.
  • Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan va sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning to‘lovga qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan risklarni boshqarish tizimini tashkilga etishga majbur.
  • Investitsion faoliyatni amalga oshirish tartibi
  • Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) har yili kelasi yil uchun investitsion siyosatini ishlab chiqadi va bu siyosat sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)ning Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tomonidan joriy yilning 20 dekabriga qadar tasdiqlanadi.
  • Investitsion siyosat quyidagi asosiy elementlarni nazarda tutishi kerak:
  • – investitsion faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan risklar tahlili;
  • – investitsion faoliyat obyektlari bo‘yicha sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini uzoq muddatli taqsimlash;
  • – sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini investitsion faoliyat obyektlari, jug‘rofiy hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlash limitlari;
  • – investitsion faoliyatning ma’lum obyektlariga investitsiya qilishni chegaralash yoki ta’qiqlash;
  • – javobgar shaxslar uchun sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini investitsiya qilishda qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlari va cheklovlari chegaralarini belgilash;
  • – javobgar shaxslar uchun qo‘shimcha malaka talablari;
  • – javobgar shaxs tomonidan ekspertiza o‘tkazish va xulosa tayyorlash tartibi;
  • – investitsion faoliyat bilan bog‘liq og‘irlashgan sharoitlarning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha favqulotda holatlardagi harakatlar rejasi.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin