Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Muhim! Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix17.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#131760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
3-4674-ilova 1

Muhim!
Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
 
 


17 
II. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi 
Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan 
kechikmay davlat organi, tashkiloti rahbariga, uning o‘rinbosariga yoki tarkibiy 
bo‘linma rahbariga kiritiladi, u mas’ul tarkibiy bo‘linmani (xodimni) belgilagan 
holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyani (topshiriqnoma) qo‘yadi. 
Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni 
mobaynida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma murojaatni ijro etuvchi 
sifatida belgilangan tarkibiy bo‘linmaga (xodimga) imzo qo‘ydirgan holda beradi. 
Bunda ijrochi etib belgilangan tarkibiy bo‘linma (xodim)tomonidan ijro etish 
to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi. 
Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo‘linmaga tegishli masalalar mavjud 
bo‘lsa, ularning barchasi murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha ijro etuvchilar etib 
belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma 
boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda murojaat ko‘rib chiqilishini 
ta’minlaydi. 
Muhim! 
Murojaatni to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha 
ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zarurat paydo bo‘lgan taqdirda, 
mazkur murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkilot yoki ularning 
mansabdor shaxslari murojaat etuvchidan, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida 
boshqa davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan 
qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin. Agar axborot davlat sirini yoki 
qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga 
olgan bo‘lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda 
qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, davlat 
organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari o‘zlaridan so‘ralayotgan 
axborotni o‘n kun ichida taqdim etishi shart. 
Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtirok 
etish uchun davlat organlari, tashkilotlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida
jalb etiladi. 
Zarur hollarda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun davlat organi, tashkiloti 
tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin. 
Murojaatni ko‘rib chiqayotgan davlat organi, tashkiloti yoki ularning 
mansabdor shaxslari o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga 
ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin. 


18 
Davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga 
murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha 
qo‘shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi. 
Zarur hollarda murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni
va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etish mumkin. 
Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan 
bo‘lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiquvchi davlat organi, 
tashkiloti murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin. 
Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish davlat organi, tashkiloti rahbarining 
topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin