15
Buning uchun murojaat etuvchi video-konferens-aloqa o‘rnatilgan tegishli
davlat organi, tashkilotiga belgilangan tartibdagi talabnoma bilan murojaat qiladi.
Ariza elektron shaklda berilishi mumkin.
Talabnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jismoniy shaxs uchun — murojaat etuvchining familiyasi (ismi,
otasining
ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili)
to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
elektron pochta manzili;
aloqa telefoni va/yoki faksning raqami;
video-konferens-aloqa o‘tkazishga qulay sana va vaqt;
murojaat tili;
murojaatning qisqacha mazmuni.
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Video-konferens-aloqa orqali kelib tushgan
murojaatlar kelib tushgan
paytidan boshlab
bir ish kunidan kechikmay murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi
tomonidan ro‘yxatga olinishi va davlat organi, tashkilotining
rahbariga kiritilishi
kerak.
Davlat organi, tashkilotining rahbari, talabnomani ko‘rib chiqib,
video-konferens-aloqa orqali qo‘rib chiqish yoki ko‘rib
chiqishni rad etish
haqida qaror qabul qiladi.
Qabul qilingan qaror, video-konferens-aloqa orqali murojaatni qo‘rib chiqish
vaqti va joyi haqida davlat organi, tashkiloti jismoniy
va yuridik shaxslarni
belgilangan tartibda ogohlantiradi
Video-konferens-aloqa orqali murojaatni qabul qilish jadvali o‘zgargan
taqdirda, murojaatlar bilan ishlash bo‘linmasi oldindan (elektron pochta, aloqa
telefon va/yoki faks raqamlari, pochta va boshqalar) orqali ogohlantirishi kerak.
Video-konferens-aloqa orqali kelib tushgan murojaatlar og‘zaki
murojaat
sifatida belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: