14
tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan
murojaatlar bundan mustasno.
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining,
tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferens-aloqa
vositasida ham berilishi mumkin.
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma qabulga kelgan jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy
shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni
tashkil etadi.
Davlat organida, tashkilotida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linma yoki tegishli
tarkibiy bo‘linma xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi rahbar
yoki vakolatli shaxsning ko‘rsatmasi bo‘yicha davlat organini, tashkilotining boshqa
xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor
va ommaviy qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish
davlat organi, tashkiloti yoki ularning mansabdor shaxsining vakolatiga kirmasligi
aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun
qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma
shaklda javob beriladi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor va ommaviy
qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan
tartibda ko‘rib chiqiladi.
Sayyor va ommaviy qabulni o‘tkazish natijalari bo‘yicha tegishli bayon
to‘ldiriladi, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: