23
III. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlarining
majburiyatlari
murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
murojaat
qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish
imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan
boshqa sir
bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy
va yuridik shaxslarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat
va davlat manfaatlariga
zarar yetkazmasa, ta’minlashi;
murojaat etuvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror
haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoxud elektron shaklda darhol
xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og‘zaki
murojaatlar bundan mustasno;
murojaat yuzasidan
qabul qilingan qaror ustidan, agar jismoniy yoki
yuridik shaxs ushbu qarorga rozi bo‘lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra
qabul qilingan qarorning
ijrosini nazorat qilishi;
qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan
darhol chora-tadbirlar ko‘rishi, jismoniy va
yuridik shaxslarning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar
va sharoitlarni o‘z vakolatlari doirasida aniqlashi;
jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning
vakili va yuridik shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib
etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy
ziyon
yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash
yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini ko‘rishi shart.