22
V bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik
shaxslarning huquqlari, davlat organlarining,
tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining
huquqlari va majburiyatlari
I. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning
huquqlari
murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni to‘g‘risida axborot olish;
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
murojaatni tekshirish materiallari va uni ko‘rib chiqish natijalari bilan
tanishish;
qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa
organlardan talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilish;
advokat yordamidan foydalanish;
murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida yoxud murojaatga javobni
tushuntirish va (yoki) uni tuzatish to‘g‘risida iltimos qilish;
o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda
murojaat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza
berish yo‘li bilan chaqirib olish;
murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda
rad etganlik ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita
sudga shikoyat qilish.;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
Dostları ilə paylaş: