Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


VI bob. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix17.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#131760
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
3-4674-ilova 1

VI bob. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring
va nazorat qilish, umumlashtirish va tahlil qilish 
 
Davlat organlarining, tashkilotlarining rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa 
mansabdor shaxslari o‘z tarkibiy bo‘linmalari tomonidan murojaatlarning ko‘rib 
chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, 
xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi. 
Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs 
tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan 
olinadi. 
Muhim! 
Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar 
nazoratdan olinmaydi. 
 
Davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari kelib tushgan, 
ko‘rib chiqilgan, qanoatlantirilgan, qanoatlantirilmagan, ko‘rib chiqilmagan 
murojaatlarning, shuningdek, boshqa ma’lumotlarning statistik hisobini yuritadi. 
Davlat organi, tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari 
buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har 
chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi. 
Har oy yakuni bo‘yicha davlat organlari, davlat muassasalari va davlat 
ishtirokidagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari 
tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar 
natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar umumlashtirib, tahlil qilingan holda muhokama 
etish uchun kiritiladi. 
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra murojaatlar 
bilan ishlash bo‘linmalar yoki tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan murojaatlar 
bilan ishlashning umumiy ko‘rsatkichlari, murojaatlarda tez-tez ko‘tarilgan 
masalalar, murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha aniqlangan asosiy 
kamchiliklar va qoidabuzarliklar, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari 
buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish maqsadida ko‘rilgan 
choralar aks ettirilgan ma’lumotnomalar (sharhlar) tuziladi hamda davlat organi 
rahbariga davlat organi, tashkilotida murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini 


25 
ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyat va davlatning manfaatlari 
buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini 
takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi. 
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzilgan 
ma’lumotnomalar (sharhlar) tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida 
e’lon qilinadi. 
Davlat 
organlari 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin