8
va mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud
elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tushgan
elektron murojaat elektron
shaklda yuborilishi mumkin.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga,
tashkilotlarga o‘tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyat qilinayotgan organlarga, tashkilotlarga
yoki mansabdor shaxslarga
yuborish taqiqlanadi.
Muhim!
Vakolatli organni to‘g‘ri aniqlash
Murojaatni ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organini to‘g‘ri
aniqlang. Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lmagan
davlat organiga yuborish murojaatni ko‘rib chiqishning kechikishiga va oqibatda
fuqaroning huquqlari buzilishiga sabab bo‘ladi.
Masalani hal qilish uchun vakolatli davlat organini to‘g‘ri belgilashda
adashmaslik uchun davlat organlarining nizomlarida yoki qonunlarda aks
ettirilgan davlat organining vazifalari va funksiyalarini o‘rganish tavsiya etiladi.
Unutmang!
Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik belgilangan tartibda
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Murojaatlar shaklan ham farqlanadi. Murojaatning 3 shakli mavjud: og‘zaki,
yozma va elektron.
Davlat organlarining, tashkilotlarining “ishonch telefoni”ga kelib
tushgan
murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida belgilangan tartibda qayd etiladi,
ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
Og‘zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning
vakillari murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘linmaning
rahbari yoxud boshqa
mas’ul xodim, shuningdek davlat organi, tashkiloti tarkibiy bo‘linmalarining,
tashkilotning rahbarlari yoxud boshqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalangan holda, shu jumladan davlat organlarining,
tashkilotlarining ishonch, tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferens-aloqa
vositasida ham berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: