5
Muhim!
Ushbu qo‘llanma tavsiyaviy xarakterga ega. U orqali fuqarolarga davlat
organlariga murojaat qilish huquqini amalga oshirishda ko‘maklashish ko‘zda
tutilgan. Quyidagi holatlar bundan mustasno:
1. Protsessual qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarni
ko‘rib chiqish. (
Masalan, fuqarolik sudida da’vo arizasi fuqarolik protsessual kodeksiga
muvofiq, iqtisodiy ishlar bo‘yicha arizalar – iqtisodiy-protsessual kodeksiga asosan, jinoyat
to‘g‘risidagi arizalar – Jinoyat-protsessual kodeksiga asosan ko‘rib chiqilidi va boshqalar);
2. “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga
oshiriladigan ma’muriy tartib-taomillar* bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib
chiqish;
3. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyati to‘g‘risida
axborot olish uchun davlat organlariga so‘rovlar yuborish (
davlat xizmatlari
ko‘rsatish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda boshqa masalalar bilan bog‘liq savollar bo‘yicha
murojaatlar).
4. Boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlar.
Ushbu qo‘llanma bilan tanishish orqali Siz murojaatlarga qo‘yiladigan
talablar, murojaatlar bo‘yicha
ish yuritish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat
organining,
tashkilotning
va
ular
mansabdor
shaxslarining
huquqlari
va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Umid qilamizki, ushbu uslubiy qo‘llanma vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga
oshirayotgan ishlaringizda Sizga huquqiy ko‘makdosh bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: