Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix17.06.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#131760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
3-4674-ilova 1

Yozma murojaatlar murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi
yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan 
yozma shakldagi murojaat. 



Elektron murojaat belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning 
rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar 
bundan mustasno.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga
ega bo‘lib, murojaat muallifiga yozma yoki elektron shaklda javob yuborilishi shart.
Shu bilan birga, davlat organi, tashkilotining rahbariga yoki vakolat berilgan 
boshqa mansabdor shaxsiga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan 
og‘zaki murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi hamda bunday 
murojaatlarga yozma yoki elektron shakldagi javob xati yuborish talab etilmaydi. 
 
IV. Murojaatning mazmuni 
Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar
Murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonunning 6-moddasi talablariga javob berishi lozim. 
Agar jismoniy shaxs tomonidan murojaat yuborilgan bo‘lsa, u o‘z ichiga 
quyidagilarni olishi kerak: 
 
murojaat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

 yashash joyi haqida ma’lumot; 
 davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan 
mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) 
ko‘rsatilishi; 
 murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi; 
 murojaat etuvchi(lar)ning imzosi bilan tasdiqlanishi; 
 vakil tomonidan murojaat qilinayotganda – vakilning vakolatini tasdiqlovchi 
hujjat (ishonchnoma)
Agar yuridik shaxs tomonidan murojaat yuborilgan bo‘lsa, u o‘z ichiga 
quyidagilarni olishi kerak: 
 yuridik shaxsning to‘liq nomi;
 uning joylashgan yeri (pochta manzili) haqida ma’lumot; 
 davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan 
mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) 
ko‘rsatilishi; 
 murojaatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi; 
 yuridik shaxs nomidan murojaat qilayotgan vakolatli shaxsning imzosi; 


10 
 vakil tomonidan murojaat qilinayotganda – uning vakolatini tasdiqlovchi 
hujjat (ishonchnoma)
Murojaatlar davlat va boshqa tillarda topshirilishi mumkin. Shu bilan birga 
murojaatga javoblar mumkin qadar murojaat etilgan tilda bayon etiladi. 

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin