6
I bob. Umumiy qoidalar. Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaat etish huquqlari kafolatlari
I. Kimlar murojaat qilish huquqiga ega?
Quyidagilar davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega:
jismoniy shaxslar;
yuridik shaxslar;
Murojaat qilish huquqidan foydalanilayotganda jismoniy shaxsning jinsi, irqi,
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga,
shuningdek yuridik shaxslarning mulk shakli, joylashgan yeri, tashkiliy-huquqiy
shakllariga va boshqa holatlariga qarab kamsitishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
II. Qayerga murojaat qilish mumkin?
davlat organlariga
(masalan, vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar
va boshqalar);
davlat muassasalariga
(masalan, davlat maktablari, universitetlar,
kutubxonalar va boshqalar);
davlat ishtirokidagi tashkilotlar*;
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga (yig‘inlar);
mansabdor shaxslarga.
*
ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti yoxud to‘liq yoki qisman
davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti.
III. Murojaatlarning turlari, shakllari hamda ularni ko‘rib
chiqish muddatlari
Murojaatlarning 3 ta turi mavjud bo‘lib, mazmuni, shuningdek davlat
organi tomonidan ko‘rib chiqish tartibiga ko‘ra ham farqlanadi.
Quyidagi jadvalda murojaatlarning turlari hamda ularni ko‘rib chiqish
muddatlari bilan aniq tanishib chiqsh mumkin
Murojaat turi
Dostları ilə paylaş: