4
“Мurojaatlarning ortida qancha odamlarning
taqdiri, hayoti va kelajagi turibdi”
SH.Mirziyoyev
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida
har bir shaxs
bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga
yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan
murojaat
qilish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan. Bunda arizalar, takliflar va shikoyatlar
qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda
ko‘rib chiqilishi shart.
Mamlakatimizda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonun bilan tartibga solinadi.
Aholining davlat organlari bilan munosabatga kirishishini
huquqiy tartibga
soladigan ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan normalar barcha davlat organlari, davlat
ishtirokidagi tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun
birdek amal qiladi.
Murojaat qilish huquqi, asosan fuqarolarga turli masala va muammolarni hal
etishda davlat organlari tomonidan yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Bundan tashqari,
fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini
kuchaytirish hamda xalq
va davlat o‘rtasida muloqot o‘rnatishga qaratilgan.
Shu o‘rinda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
Taraqqiyot strategiyasi”da inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini
yanada rivojlantirishda fuqarolar bilan bamaslahat ishlash bo‘yicha ustuvor vazifalar
belgilanganini
alohida
taʼkidlash
lozim.
Taraqqiyot
strategiyasining
11-maqsadi ham “Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish” deb
nomlangani ham bu fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
Biroq, bugungi kunda ayrim hollarda davlat organlarida jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunchilikda
belgilangan talablar
buzilishi holatlari kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: