Qoraqalpoq Davlat Universiteti Buxgalteriya hisobi va auditi sirtqi bõlim



Yüklə 21,79 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü21,79 Kb.
#180826
Ibrohimov


Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Buxgalteriya hisobi va auditi sirtqi bõlim

Mikroiqtisodiyot va Makroiqtisodiyot fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: Pulning mohiyati

Qabul qiluvchi: Alieva Gozzal


Bajardi: Ibrohimov Hamidjon

Reja


  1. Kirish

  2. Asosiy bo’lim

2,1. Pulning mohiyati
2,2. Pulning mohiyati haqida K.Marks fikri

  1. Xulosa

  2. Adabiyotlar

Kirish


Pul — bu umumiy ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi. Pul ayirboshlash, to‘lov, qiymatni oMchash, boylikni to ‘plash vositasi funksiyalarini bajaradigan noyob tovardir. Hozirgi iqtisodiyotda pul muomalasi amalda tovarlarning hamm a turlari muomalasining o'zgarmas sharti hisoblanadi. Pul tufayli tovarlarni qiyoslash, ayirboshlashda zarur bo'ladigan qiymatning yagona mezoniga ega bo‘lish mumkin.

Asosiy bo’lim. Pulning mohiyati



Pul — bu boshqa ne’matlarning qimmatini o‘lchash vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasi (ayirboshlash vositasi) funksiyalarini bajaruvchi n e ’matdir.
Pul — bu mutloq likvidlilikka ega bo'lgan ne’matdir. Pul — bu iqtisodiy kategoriya bo‘lib, odamlar o ‘rtasidagi m unosabatlar unda nam oyon b o ‘ladi va uning yordamida quriladi. Pulning m aqsadi bozorga oid o‘zaro harakatlarning transaksion xarajatlarini tejashdan iborat.
Avvalo, sotib olinadigan ne’matlarning turlari va miqdorini, bitimni amalga oshirish vaqti ham da joyini, shuningdek, bitim b o ‘yicha kontragentlarni tanlashdagi chiqimlarni tejashga pullar yordamida erishiladi. Barterli (mavozali) iqtisodiyotda bunday chiqimlar shunchalik ko‘p bo‘lishi mumkin ediki, bu amalda har qanday ayirboshlash harakatlarini amalga oshirishni istisno qilib, mehnat taqsimoti eng kam miqyos kasb etgan bo ‘lardi va faoliyatning ko‘pgina turlari aslida vujudga kelmas edi. Aks holda shunday bir iqtisodiyot tashkil topgan bo‘lardiki, unda, masalan, sochini oldirmoqchi bo ‘lgan iqtisodchi iqtisodiyot bo‘yicha m a’ruza tinglamoqchi bo‘lgan sartaroshni izlashiga to‘g‘ri kelardi. Aytaylik, yangi palto tiktirmoqchi bo‘lgan aktyor buning uchun uning filmlarda o ‘ynagan rollari bilan qiziquvchi tikuvchini topishi kerak bo‘lardi va hokazo. Pulllar potensial sheriklar xohishistaklarining shu tarzda juftlik holdagi mos kelishi zaruratini bartaraf etadi va bitimlarni amalga oshirish joyi hamda vaqtini, ayirboshlanadigan ne’matlar sifati va miqdorini, bitim bo‘yicha sheriklarni qayishqoqlik bilan tanlashga imkon beradi va hokazo. N e’matlar qimmatini oichashdagi chiqimlarning katta qismi pullar yordamida tejaladi. Umumiy ekvivalent xususida kelishuvga erishilgan iqtisodiyotda individlar ayirboshlanadigan proporsiyalarni osonlik bilan tuzishi mumkin. Agar ikkita tovarning narxi m a’lum bo‘lsa, unda ularning nisbiy qimmati ham aniq bo'ladi. Shuni ta ’kidlash zarurki, tovar ayirboshlash munosabatlari ular paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bozorda umumiy ekvivalent b o ‘la oladigan, hamma uchun maqbul qulay tovarni izlashni obyektiv ravishda taqozo etgan. M a’lumki, turli davrlarda metallar — bronza, temir, mis, kumush, oltin ana shunday ekvivalent bo'lgan. Oldiniga ular taqinchoqlar, qurollar, mehnat quroPari va ko'pincha tasodifiy shakldagi va miqdorlardagi kam ishlov berilgan metall parchalari shaklida qo‘llanilgan. Ular baisoklar, novdalar, plastinalar va yombilardan iborat bo'lgan. Yombilar bilan hisob-kitob qilish uchun ularni tarozida tortishga to ‘g‘ri kelgan, lekin ko‘pincha yombilarni birmuncha kichikroq boiaklarga bo'lish zarurati vujudga kelgan.
Universal hisob-kitob ekvivalentiga b o ‘lgan ehtiyoj eramizdan oldingi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va larkibli standartlashtirilgan yombilar paydo bo‘lishiga olib keldi. Birmuncha keyingi davrlardagi yombilarning ayrim turlari ularni bo‘laklarga bo‘lishda qulay bo'lishi uchun belgili kertiklar bilan yasalgan. Biroq, bunday takomillashtirishlar baribir savdogarlarni hisob-kitoblarni amalga oshirishda yombilar va ularning boiaklarini tortib ko'rish zaruratidan xalos etmagan.
Tovar ishlab chiqarishning o ‘sishi va tovar ayirboshlashning kengayishi, bunday jarayonlarga ko'p sorili hunarmandlar hamda boshqa qatnashchilarning jalb etilishi metall puliarnmg keyingi standartlashtirilishiga va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga olib keldi. Taxminan eramizdan oldingi XII asrda Xitoyda, VII asrda esa 0 ‘rta yer dengizi davlatlari — Lidiya va Eginada vazni, miqdori va qotishmalarining tarkibigo ko‘ra bir xildagi metall pullar paydo bo‘ldi. Ular sekin-asta ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay b o ig an dumaloq shaklga ega bo‘ldi. Ular a n ’anaviy yombilardan birmuncha kichik oichamlari bilan, shuningdek, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va asosiy parametrlari (miqdori, qotishmalar tarkibi, vazni) u yoki bu darajada davlat tomonidan kafolatlanishi va muhofaza qilinishi bilan ajralib turardi. Shunday qilib, shu davrdan e ’tiboran metall pullar hukmronligining uzoq davri boshlandi.

Pul mohiyati haqida K.Marks fikri



K. Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi. Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsada, tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi kog’oz pullar, boshqa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Yuqoridalarga asoslangan holda pulning mohiyatini qo’yidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo’lib, qolgan tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi, (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo’la olmaydi);
uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi; to’rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi. Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50 - yillardagi darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko’ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o’rganish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish olib borishgan. Yoozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. Yoaqiqatda ham bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko’ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz.

Xulosa


Pul -- bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifani bajaradi.
Tijorat banklar tom onidan o ‘z mijozlariga beradigan kreditlar iqtisodiyotda yangi pulni yaratishga, ya’ni naqd pul hajmini ko'payishiga olib kelmaydi. Lekin tijorat banklarida o ‘z majburiy zaxiralari orqali mamlakatdagi muomalada mavjud bo‘lgan naqd pul hajmini o'zgarishga ta’sir eta oladi. Pul massasini o‘lchov ko‘rsatkichlari bo‘lib, pul agregatlari hisoblanadi.
Har bir mamlakatdagi pul agregatlari soni hamda ularning tarkibi mamlakatdagi kredit tizimiga va uning moliya bozorini rivojlanishi bilan belgilanadi.

Adabiyotlar



1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, — T.: « 0 ‘zbekiston», 2002.
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining « 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to ‘g ‘risida»gi qonun, — T.: « 0 ‘zbekiston», 1995.
3. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati t o ‘g ‘risida»gi
qonun, — T.: « 0 ‘zbekiston», 1996.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Xalq so‘zi, 09.01.2002.
5. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish tu g ‘risida»gi
qonuni, 11.12. 2003.
6. 0 ‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning banklardagi om onatlarini
himoyalash kafolatlari to ‘g ‘risida»gi qonuni. 04.04.2002.
7. «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish
borasidagi chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi P rezidentining Farmoni. Toshkent. 20.06.2005.
8. «Bozor islohatlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi usiuvor yo‘nalishlar amalga oshirilisnini jadallashtirish choratadbirlari to ‘g ‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi P rezidentining F arm oni.
Toshkent. 14.06.2005.
Yüklə 21,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin