Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo texnalogiya fakulteti O`zbekistonning yangi tarixi kafedrasi O`zbekiston Tarixi fanidan Mavzu: milliy urf-odatlar, qadriyatlarning qayta tiklanishi bajardi



Yüklə 14,31 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü14,31 Kb.
#163739
  1   2   3   4
Reja Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qa-fayllar.org


Reja: Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi


Qoraqalpoq davlat universiteti kimyo texnalogiya fakulteti O`zbekistonning yangi tarixi kafedrasi O`zbekiston Tarixi fanidan

Mavzu:MILLIY URF-ODATLAR, QADRIYATLARNING QAYTA TIKLANISHI
Bajardi: 1-C guruhi talabasi


Ro`zimbetova O
NO`KIS-2021y.


Reja:
1. Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi.

2. Mustaqillik yillarida ta`lim, adabiyot, me`morchilik amaliy san`at va kino ravnaqi.

3. Teatr, sirk, musiqa va qo`shiqchilik san`ati, muzey va sport taraqqiyoti.
Jamiyat ma`naviyati mamlakat taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Shu narsa haqiqatki, biron-bir mamlakat o`z ma`naviy imkoniyatlariga tayanmay, odamlar ongi, tafakkurida ma`naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg`otmay turib, yuksak taraqqiyot darajasiga ko`tarila olmaydi. Ma`navit insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da`vat etadigan, uning ichki olamini boyitadigan, iymon irodasi, e`tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg`otadigan qudratli kuchdir. Tarixdan ma`lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujmiga duchor bo`lgan, qaramlik va julm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo`lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzimi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma`naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko`plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma`naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Jamiyat ma`naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta`minlovchi ma`naviy-ma`rifiy islohotlarning yo`nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Ma`naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar – siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san`at asarlari majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon civilizaciyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo`shgan buyuk bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari

YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro miqyosida keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
 1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
 1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;
 1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;
 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon tavalludining 100 yilligi;
 1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi;
 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
 2000 yil – Burhonnidin Marg`inoniy tavalludining 910 yilligi;
 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
 2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi.
 2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash to`g`risida”gi 143-son qarori qabul qilindi.
 2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini tiklash to`g`risida”gi 337-son qarori qabul qilindi
 2006 yil-Qarshi sahrining 2700 yillii va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
 2007 yil-Samarqand sahrining 2750 yilligi nishonlanadi.

Yüklə 14,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin