Qoraqalpoq davlat universiteti


Yangi davrda Fransiyaning birlashuvi



Yüklə 102 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü102 Kb.
#200256
1   2   3   4   5   6
Mengqobilov Suxrob

Yangi davrda Fransiyaning birlashuvi

Fransiya tarixiga oid birinchi yozma yozuvlar temir asrida yozib qoldirilgan. Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri – 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi.
18-asr oxirida Fransiya inqilobida monarxiya va unga tegishli binolar agʻdarildi.1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya – Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi.
Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi
Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—1763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—1795) va Direktoriya rejimi (1795—1799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—1815 va 1815—1830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—1771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi.



Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin