Qoraqalpoq davlat universiteti


Yangi davrda germaniyada siyosiy o’zgarishlar va inqiloblar



Yüklə 102 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü102 Kb.
#200256
1   2   3   4   5   6
Mengqobilov Suxrob

2.2. Yangi davrda germaniyada siyosiy o’zgarishlar va inqiloblar
Napoleon bosqini va «German millati muqaddas Rim imperiyasi»ning qulashi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» faqat rasman yagona davlat bo‘lib, XVIII asrda uning tarkibiga suveren davlatlar hisoblangan imperatorning 7 ta kurfyuristligidan tashqari 300 ga yaqin katta-kichik davlatlar kirgan. Bu davlatlar rasman imperatorga qaram bo‘lib, amalda knazlar, yepiskoplar, shaharlar kengashlari va boshqa ko‘p sonli feodal egaliklar tomonidan idora etilardi. Ularning ko‘pchiligi yeri va aholisi juda kam bo‘lgan davlatlar edi.
German knazliklari orasida Saksoniya, Bavariya, Vyurtemburg va hududi kengligi jihatidan Avstriya, imperiya siyosiy hayotiga ko‘proq ta’sir o‘tkazishi bilan Prussiya (poytaxti Berlin) ajralib turgan. Bu yerlarda asosan slavyanlar – polyaklar, xorvatlar, slovenlar, chexlar, vengerlar yashardilar. Prussiya XVIII asrning ikkinchi yarmida qudratli monarxiya davlatiga aylanib ulguradi. Bunda prus qiroli Fridrix II (1740–1786-y.)ning «ma’rifatli absolutizm» siyosati muhim rol o‘ynaydi. U boshqaruv sohasida moliya, sud, bojxona, qtisodiyot va agrar sohalarda islohotlar o‘tkazadi. Prussiya barcha german davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1781- yilda umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy qilgan. Mamlakat huquqini birxillashtirgan. 1781-yilda birinchi Fuqarolik protsessual kodeksi, 1793-yilda Sud ustavi, 1794-yilda esa Umumdavlat qonunnomasi (Prussiya landrexti) amalga kiritilgan.
Bu islohotlar natijasida mamlakatda burjua munosabatlari rivojlanishi yuz beradi. Kapitalistik tadbirkorlik rivojlanishi rag‘batlantiriladi. Kattaligi bo‘yicha Yevropada 4 o‘rinda turadigan yirik qurolli kuchlar tashkil etilib, unga yillik budjetning 85 % sarflangan.
«German millatining muqaddas Rim imperiyasi» Napoleonning bosqinchilik urushi davomida siyosiy-iqtisodiy qoloqligi va tarqoqligi sababli osonlik bilan tugatiladi. Natijada fransiya manfaatlariga muvofiq egallangan hududlarda qayta ma’muriy-hududiy taqsimot amalga oshirilib, yirik davlatlar, Berg gersogligi va Vestfaliya qirolligi tashkil qilinadi. German davlatlarining Reyn ittifoqi 1806-yilda tashkil topib, tarkibiga dastlab 16 ta, keyin 21 ta german davlati kirgan. U rasman davlat suverenitetidan mahrum etilmagan monarxiyalar ittifoqi sifatida vujudga keladi. Lekin, Napoleon bilan syuzerenitet-vassalitet munosabati amal qiladi. Ittifoq a’zolari «Muqaddas Rim imperiyasi» tarkibidan chiqqanliklarini e’lon qiladi. Bu davlatlarda yer, moliya, ma’muriy sud islohotlari amalga oshiriladi. Ba’zi joylarda Napoleonning 1804-yilgi «Fuqarolik kodeksi» joriy qilinadi. Nemis qishloqlarida krepostnoy qaramlik bekor qilinib, dehqonlarni mulkdorlarga aylantirishga qaratilgan birinchi qadam tashlangan. Reyn ittifoqi tarkibiga Prussiya kirmagan edi. 1807-yilda Prussiya Fransiya bilan bo‘lgan urushda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng dvoryanlar burjua xarakterida islohotlar o‘tkazishga qaror qiladilar. Amalda feodal tuzumni chegaralovchi, kapitalizm taraqqiyotiga yo‘l ochib beruvchi muhim farmonlar qabul qilinadi. Natijada qisman dvoryanlarga ham tatbiq etiladigan yangi soliqlar joriy qilinadi. Cherkov yerlarini davlat yeriga aylantirish (sekulyarizatsiya qilish) amalga oshirilib, kichik cherkovlar bekor qilingan.
Boshqaruv sohasida iqtisodiy islohotlar bilan bog‘liq holda o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Jumladan, beshta ministrlik – harbiy, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya, moliya ministrligi ta’sis etilgan. Har bir viloyatga hukumat tomonidan tayinlanadigan ober-prezident boshliq qilib qo‘yilgan. 1808-yilgi qonun bilan shaharlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqaradigan mahkamalar joriy etilgan. Barcha muhim ishlar – moliya, politsiya, ta’lim, ijtimoiy ta’minot ularning vakolatiga topshirilgan.
Vena kongressi va German ittifoqining tashkil topishi. Fransiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng 1814-yilda chaqirilgan Vena kongressi Germaniyaning parchalanib ketishini oldini olib, German ittifoqini tuzish borasida bir qator qarorlar qabul qiladi. Yangi tuzilgan German ittifoqi (Muqaddas ittifoq) a’zoligiga nemis davlatlari va Avstriya imperiyasiga qarashli yerlarning bir qismi kiradi.
Ittifoq 34 ta monarxiya va 4 ta erkin shahar (Gamburg, Berman, Lyubek va Frankfurt-Mayn) dan tashkil topgan. Biroq, kongress barcha nemis davlatchiligini qaytadan tiklay olmaydi. G‘arbiy German o‘lkalarida fransuz burjua tartiblarining ta’siri va Napoleon kodeksi saqlanib qolgan. Ittifoqda mustahkam o‘zaro aloqa, yagona tartib bo‘lmagan. Uning oliy organi «Ittifoq seymi» (Bundestag) deb atalgan. U hamma ittifoq a’zolarini birlashtirgan holda nemis podsholari vakillarining kengashi hisoblangan. Seym qarorlari suveren podsholar tan olgan taqdirdagina majburiy hisoblanadi. Ittifoq kuchsiz konfedratsiyani eslatgan. Uni hududiy jihatdan kichik davlatlardan iborat shimoliy va yirik davlatlardan iborat janubiy Germaniyaga ajratish mumkin. Ittifoqda Avstriya hukumati yuqori mavqega ega bo‘lgan. Uning vakili ittifoqning doimiy vakili, elchixonasi binosi majlislar joyi bo‘lgan. O‘z ahamiyati bo‘yicha Prussiya qirolligi ikkinchi o‘rinda turgan. U hududi, ichki tuzilishi, e’tiqodi, xo‘jaligi bo‘yicha ko‘p sonli sharqiy va g‘arbiy provinsiyalarga bo‘lingan bo‘lib, mustahkam bo‘lmagan. Prussiya qiroli Fridrix-Vilgelm III provinsiyalar boshqaruvi bo‘yicha maslahat xarakteridagi toifa landtaglarini ta’sis etgan.
Sharqiy provinsiyalarda votchina yurisdiksiyasi yunkerlar qo‘lida edi. Bosib olingan polyak yerlari (Poznan va Sileziya) nemislashtirilib, zemstvo huquqi joriy etiladi. G‘arbiy yerlar, ya’ni uzoq vaqt fransuzlar tomonidan idora qilingan yangi provinsiyalar Reyn va Vestfaliyada krepostnoy qaramlikdan tugatilgan. Fransuz burjua tartiblari, demokratik qoidalar amal qilgan. Bu yerda g‘arbda amal qiluvchi pomeshchik yurisdiksiyasi allaqachon tugab ketgan. Ittifoq shimoliy Germaniyasidagi mayda davlatlarning ko‘pchiligida (Meklenburg, Oldenburg, Braunshveyg, Gessen-Kassel) 1815 yildan keyin feodal tuzum mustahkamlangan. Tyuringiya gersogliklari (SaksenVeymar va Saksen-Meyningen)da yangi konstitutsiyaviy tartiblar joriy qilingan. Janubiy Germaniyadagi 4 ta davlat (Bavariya, Vyurtenberg, Baden, Gessen-Darmshtadt)da Fransiya ta’sirida mahalliy burjuaziyaning talablariga muvofiq konservativ xarakterdagi konstitutsiyalar qabul qilinadi. German davlatlarining birinchi konstitutsiyalari. 1815-yilda German ittifoqi tomonidan Muqaddas ittifoq akti qarorlari qabul qilgan. Ularga amal qilib 1816-yildan 1847-yilgacha ko‘p german davlatlari o‘zlarining birinchi konstitutsiyalarini qabul qilganlar.
Ular asosan monarxlar tomonidan in’om qilingan (ya’ni, monarx tomonidan ishlab chiqilib e’lon qilingan) Xartiya, boshqacha aytganda konstitutsiyaviy hujjatlar shaklida bo‘lgan. Ularda jiddiy farqlar bo‘lmagan. Deyarli, barcha konstitutsiyalarda boshqaruv shakli – davlat boshlig‘i monarx, tabaqa-vakillik muassasalari monarx tomonidan nazorat qilinadigan landtag (tabaqa-vakillik muassasalari shunday atalgan) va monarx oldida javobgar hukumatdan iborat qilib belgilangan. Masalan, Buyuk Baden gersogligining 1818-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, Landtag ikki palatali bo‘lib, yuqori palata monarx tomonidan, quyi palata mulk senzi asoslangan saylovlar orqali shakllantirilgan. Davlat boshlig‘i mutlaq veto huquqiga ega bo‘lib, qonunlarning bajarilishi uchun farmoyishlar, reglamentlar va umumiy farmonlar chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, monarx hokimiyati qonun chiqaruvchi – landtag palatalari tomonidan nisbatan cheklangan. Hukumat faoliyati yuzasidan gersogga va xarajatlar yuzasidan landtagga hisobot berib borgan.
Barcha German konstitutsiyalarida demokratik huquq va erkinliklarning ancha cheklangan doirasi belgilangan. Biroq mavjud huquq va erkinliklarni amalga oshirish kafolatlari yaratilmagan. Xususan, Baden gersogligining konstitutsiyasida vijdon, matbuot, ko‘chib yurish erkinliklari, kasb tanlash huquqlari, xususiy mulk va turar-joy daxlsizligi, sudyalarning daxlsizligi va badenliklarning jinoiy ishlarini oddiy sudlarda ko‘rilishini talab qilish huquqi, o‘zboshimchalik bilan qamoqqa olishlarning taqiqlanganligi e’lon qilingan. 1848-yilgi inqilob va uning german konstitutsiyashunosligi rivojlanishi. 1848-yil boshlariga kelib Germaniyada tashqi va ichki omillar ta’sirida ishchilar va dehqonlar harakati ko‘rinishidagi inqilobiy vaziyat yuzaga keladi. Inqilob hukumatlar oldiga demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qiladi. Fransiyaga chegaradosh g‘arbiy va janubiyg‘arbiy yerlarda liberal (liberal – keyinchalik davlat va ijtimoiy tuzumni o‘zgarmasdan qolishini istaydi) burjuaziya g‘alaba qiladi. Burjua demokratik harakat ko‘p german davlatlarini qamrab oladi va bir qancha demokratik tadbirlar amalga oshiriladi. Qirol va knazlar Frankfurt-Maynda umumgerman Ta’sis majlisini chaqirishga rozilik bildiradilar. 1848-yil bahorda umumgerman parlamenti (Frankfurt parlamenti, Frankfurt majlisi)ga saylov o‘tkazilgan. Unda liberal burjua ko‘p o‘rin olgan. Barcha German davlatlaridan tashkil topgan mazkur ta’sis majlisi yagona Germaniyaning yangi, hech bo‘lmaganda federal konstitutsiyasini qabul qilishi lozim edi.
Parlament tomonidan Avstriya ersgersogi Iogan muvaqqat imperiya noibi lavozimiga saylanadi. Unga yordam berish uchun Muvaqqat markaziy hukumat tashkil etiladi. Biroq davlatlarda hokimiyat monarxlar qo‘lida qoladi. Biroq parlament o‘z faoliyatining boshidanoq reaksion siyosat yurgizadi. Ko‘pchilik a’zolari shovinizm yo‘liga kirib, mustamlaka slavyan yerlarini qo‘lda saqlashga harakat qilinadi. Dehqonlar masalasida feodal tuzumga qarshi hech bir ish qilinmaydi. 1848-yil kuzda aksilinqilobning kuchayishi natijasida ishlab chiqilgan konstitutsiya loyihasi qog‘ozda qolib ketadi. Burjuaziya va ishchilar, dehqonlar va feodallar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keladi. Frankfurt majlisi majburiy tarqatib yuboriladi. Natijada Parlament yagona ilgarigi talablarni ro‘yobga chiqarish maqsadida Germaniya imperiyasining 1849-yilgi Frankfurt konstitutsiyasini qabul qilishga kirishadi. 1849-yil 28-martda parlament imperiya konstitutsiyasini qabul qiladi. Burjuaziya siyosiy ustunlikka erishgan. Germaniyaning barcha 36 ta yerlarida o‘z boshqaruv apparatiga ega monarxiya mavjud bo‘lgan. German monarxiyalari federatsiyasi o‘rnatilib, unga imperator boshchilik qilgan. Umumgerman markaziy hukumati tuziladi. Imperator va amaldorlar «imperiyani va nemis huquqlarini qo‘riqlash, imperiya konstitutsiyasiga og‘ishmay va vijdonan amal qilish» haqida qasamyod qilishi kerak bo‘lgan.
Konstitutsiyada barcha masalalar aniqlik bilan belgilangan. Federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasi va boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Federatsiya manfaatlarini ko‘zlagan holda imperiya hokimiyatini amalga oshiruvchi federal organlar tashkil etilgan. Lekin, ularning tizimi batafsil sanab ko‘rsatilmagan. Tashqi siyosatni amalga oshirish, harbiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy soha, bojxona, pochta-telegraf ishlarini yo‘lga qo‘yish, boshqarish va nazorat qilish imperiya vakolatiga kiritilgan. Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalar ustidan imperiyaning oliy nazorati o‘rnatilgan. Subyektlarning imperiya a’zolaridan boshqa davlatlar bilan tuzgan shartnomalari imperiya tasdig‘idan o‘tishi lozim bo‘lgan. Har qanday federativ birligi shakliga xos bo‘lgan Konstitutsiyaviy prinsip – imperiya qonunlari alohida davlatlarning qonunlaridan yuqori turadi (agar ularning bo‘ysunish ahamiyati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa) degan prinsip o‘rnatiladi. Mabodo «majburiy emas» deb belgilanmagan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan majburiydir.


XULOSA
O'rta asrlarda. G'arbiy Evropa faqat paydo bo'ldi. Bu qulashi edi Rim imperiyasi, qattiq qattiqini boshidan. Bundan tashqari, bor edi xalqlarning buyuk ko'chishi va johil qabilalardan doimiy bosqini ega. cheksiz urushlar, qirg'in, shafqatsizlik asnoda, Rimdan nasroniy dunyoga o'tish bor edi. Ostrogoth asosidagi davlat, Franks qisqa umr isbotladi. O'rta asrlarda G'arbiy Yevropa faqat X-XI asrlarda yetuklik zamonaviy o'zgarishlarga duch keldi. Bu erda, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, Ispaniya shakllangan ko'p urushlar va odamlarning turli janjallari G'arbiy Yevropani qattiq qattiq urdi. no'xat qadimiy shaharlar, ayrim vayron kvartira. Deyarli hunarmandchilikni rivojlantirish to'xtadi. falsafa va ilm-fani rivojida qotib. ijtimoiy jamoa kelsak, keyin, biz muhim taraqqiyot gapirish mumkin. Bu bir marta va barcha uchun, qullikni bekor aslida va qonun oddiy odamlar ko'p odamlar tomonidan tan olinmagan qaysi bir pozitsiya.
Gʻarb mamlakatlarida yerning oliy egasi monarx ( qirol, knyaz, imperator) hisoblanib , boshqa feodallar undan xizmat evaziga yoki boshqa shartlar bilan yer olganlar. Ular esa bu yerni uchinchi shaxsga ma'lum shartlar evaziga bergan. Yer bergan feodal syuzeren olgani esa vassal deb atalgan. Shunday qilib, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida yerga egalik qilishning oʻziga xos xususiyatlari uning Ierarxik ( pogʻonama- pogʻona) xarakterida boʻlib, bu hodisa maxsus shartnomalarda ifodalanadigan syuzerenitet- vassalitet munosabatlarini tugʻdirgan.
Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari davlatlarining rivojlanishi bilan birga ularning huquqiy tizimlari ham rivojlanib bordi.Feodal tarqoqlik davrida bu jarayonning muhim belgisi huquq "partikulyarizmi", ya'ni butun mamlakat uchun yagona huquqning yoʻqligi edi. Huquq "partikulyarizmi"ning bartaraf etilishi, ayniqsa, tabaqa- vakillik monarxiyasi davridan boshlab jadallashdi. Gʻarbiy Yevropaning qit'a qismi mamlakatlarida huquq shakllarining oʻzaro yaqinlashuvi yuz berdi. Angliya feodal huquqi alohida mustaqil holda rivojlanib bordi. Shu tariqa, tez orada Gʻarbiy Yevropa huquqi ikkiga: ingliz-sakson huquqi va qit'a huquqiga ajralishi belgilari namoyon boʻla boshladi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiy etishi bilan davlatchilik ham rivojlandi. Yevropa bu jarayon asosan quyidagi 4 ta: ilk feodal monarxiyasi, senorlik monarxiyasi, tabaqa-vakillik monarxiyasi va mutloq monarxiya bosqichlaridan oʻtdi. Biroq bu bosqichlarni hamma Yevropa mamlakatlari bir vaqtda va toʻliq bosib oʻtmadi. Har bir mamlakat milliy tarixining oʻziga xos xususiyatlari ham ana shundan kelib chiqadi.


Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin