Qoraqalpoq davlat universiteti


II BOB. YANGI DAVRDA GERMANIYA MARKAZLASHUVI VA YEVROPA GEGEMONIGA AYLANISHI



Yüklə 102 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü102 Kb.
#200256
1   2   3   4   5   6
Mengqobilov Suxrob

II BOB. YANGI DAVRDA GERMANIYA MARKAZLASHUVI VA YEVROPA GEGEMONIGA AYLANISHI
2.1. Germaniya markazlashuvi uchun urushlar
6—8-asrlarda Germaniyaning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-asrda Germaniya yerlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan soʻng mustaqil nemis davlatiga yoʻl ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138—1268) davrida Germaniya hududi ancha kengaydi. Ayrim nemis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi „salib yurishi“ niqobi ostida Elba va Boltiqboʻyi xalqlarining yerlarini bosib oldi. 15-asr oxiri — 16-asr boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qoʻzgʻolonlari boʻlib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar bilan turli soliqlar undirib oladigan katolik cherkoviga qarshi qattiq norozilik tugʻildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformatsiya boshlandi (1517). Reformatsiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori choʻqqisi 1524—26 yillardagi dehqonlar urushi boʻldi. Bu davrda Sharqiy Germaniyada oʻz mahsulotini tashqi bozorga moʻljallagan yirik xoʻjaliklar paydo boʻldi. 1618-yilga kelib katolik va protestantlarning oʻzaro kurashlari Yevropadagi oʻttiz yillik urush (1618—48) kelib chiqishiga sabab boʻldi. Urush oqibatida Germaniya katta talofat koʻrdi. 1648-yilgi Vestfaliya sulx. shartnomasiga koʻra, Germaniya bir necha knyazliklarga boʻlindi. Oʻzining muhim geografik oʻrni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701-yildan Prussiya qirolligi) eng yirik nemis davlatlaridan biriga aylandi. 1740—1786-yillarga kelib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Yevropada buyuk davlatga aylanib, Germaniyada hukmronlik oʻrnatish uchun Avstriya bilan kurashni kuchaytirdi. 1740-yil Prussiya qoʻshinlari Avstriya Sileziyasiga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sanoatning rivojlanishi Germaniyada feodal krepostnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Fransuz burjua inqilobi taʼsirida Germaniyada dehqonlar harakati avj oldi. nemis knyaz va feodallari Fransiyadagi inqilobni boʻgʻib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792-yil Avstriya bilan Fransiya oʻrtasida urush chiqdi. Prussiya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda Germaniya armiyasi yengildi. 1793-yil 18-martda fransuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns shahrida nemis tuprogʻida birinchi demokratik respublika eʼlon qilindi. 1803—1804-yillarda Napoleon Germaniyadagi mayda davlatlarni tugatib, oʻz hukmronligida Reyn ittifoqi tashkil qildi. 1812-yilgi urushda Rossiyaning gʻalabasi Germaniyani Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813-yilgi Leypsig urushu (xalqlar urushi)dan soʻng Germaniyaning barcha hududi ozod qilindi. 1814—1815 yillar Vena kongressi qaroriga koʻra, 39 davlatni birlashtirgan Germaniya ittifoqi tuzildi. 1834-yil 18 davlat ishtirokida Germaniya bojxona ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini oʻynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ayniqsa temir yoʻl qurilishida Germaniya katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi va 1850-yilga kelib, Yevropada ikkinchi oʻringa chiqib oldi. 1848—49 yillarda Germaniyada burjua-demokratik inqilobi boʻlib oʻtdi. Uning maqsadi — mamlakatni birlashtirish, monarxiya tuzumini tugatish. agrar masalani demokratik asosda hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qoʻrqoqligi va xoinligi, proletariatning zaifligi tufayli inqilob magʻlubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yoʻli bilan emas, qurol kuchi va urushlar yoʻli bilan birlashtirish kerak degan xulosaga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Fransiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan soʻng Mayn daryosidan Shimolgacha boʻlgan yerlarda Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzishga erishdi. 1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Germaniya pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871-yil 18-yanvarda nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya imperatori deb eʼlon qildi.
1061 yil oldin Germaniya qiroli Qadimgi Rim shahrida Rim papasining qo‘lidan gulchambarni qabul qilib olgan. Imperatorlik maqomi Otton I ga mutlaq hokimiyatni taqdim etib, uni boshqa insonlardan ustun qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan. O‘tgan an’analarga muvofiq 1871-yilda Vilgelm I ga eng hashamatli tarzda — fransuz monaxlari qarorgohida toj kiydirilgan. 1870-yil oktabrdan Prussiya armiyasi bosh shtabi tomonidan egallangan Versal fransuzlarni yanada yerga urish uchun marosim o‘tkaziladigan joy sifatida ataydan tanlangan edi. Vilgelm I aynan shu yerdan o‘z qo‘shinlarini boshqargan.
Vilgelm I imperator unvonini “bundan buyon nemis xalqi o‘zining mashaqqatli va jasoratli kurashi uchun mukofot sifatida Germaniya xavfsizligini ta’minlaydigan chegaralar ichida mustahkam tinchlik o‘rnatishi umidida” qabul qilgan. U Berlinga butun xalq mehriga sazovor bo‘lgan g‘olib sifatida qaytgandi.
Imperiyaga Shimoliy Germaniya ittifoqiga kirmaydigan Janubiy Germaniya davlatlari qo‘shilgan. Ular orasida eng muhimi Bavariya edi. Germaniya imperiyasi aholisi 41 million kishiga oshgan, uning armiyasi soni esa 1 million askar va ofitserga yetgan.
Germaniyaning birinchi imperatori Rossiya imperatori Aleksandr II ning amakisi edi: Vilgelm I ning tug‘ishgan singlisi malika Friderika Sharlott Vilgelmina Nikolay I ning rafiqasi va Aleksandr II ning onasi bo‘lgan. Aytgancha, sovet tarixchilari Aleksandr II ni “amakisini hurmat qilishda” va birlashgan militaristik Germaniyaning shakllanishiga hissa qo‘shganlikda ayblagan.
1871-yil aprelda parlament tomonidan butun imperiya konstitutsiyasi qabul qilingan. Vilgelm I birlashgan derjava rahbari va ittifoq prezidentiga aylangan. Imperiya 22 ta monarxiyadan va uchta erkin shahar — Gamburg, Bremen va Lyubekdan iborat federatsiya tamoyiliga asosan shakllantirilgan. Ushbu davlatlarning har biri ayrim mustaqilligini saqlab qolgan. Ularning o‘z hukumatlari va parlamenti bo‘lgan. Yangi konstitutsiya bo‘yicha mahalliy sulolalar ham saqlanib qolgan, bu Germaniyaning monarxik ruhiyati va an’analarini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak edi.
Fransiya bilan tinchlik shartnomasi imzolanganidan keyin 1871-yil 10-may kuni Elzas va Lotaringiya imperiyaga qo‘shilgan. Konstitutsiya imperatorga ulkan hokimiyatni taqdim etardi, biroq butun tashqi va ichki siyosatini qurgan hokimiyatning birinchi shaxsi Otto fon Bismark bo‘lib qolgan. 1871-yilda birlashgan Germaniya me’mori imperiyaning birinchi kansleriga aylangan. Xalq orasidagi mashhurligiga qo‘shimcha ravishda, u knyaz unvoni va yangi qasrga ega bo‘lgan.
Vilgelm I shaxsiy fazilatlari tufayli o‘ziga yuklangan roldan juda mamnun edi va ortiqcha narsaga da’vogarlik qilmagan. Uning zamondoshlari Bismarkdan farqli o‘laroq, monarxni o‘ziga xos shaxs deb hisoblamagan. Shu bilan birga, u tirishqoq mehnatga moyilligi, niyatini amalga oshirishdagi matonatliligi, mustahkam irodasi, odamlarni ochib, ularning iste’dodini o‘z maqsadiga erishish yo‘lida ishlatish qobiliyati bilan ajralib turardi. Vilgelm I armiya ishlari bilan faol qiziqqan va Germaniya qurolli kuchlari modernizatsiyasiga butun sa’y-harakatlarini yo‘naltirgan.
Konstitutsiyaga muvofiq, reyxskanslerni tayinlash yoki lavozimdan olish vakolati faqat imperatorda bo‘lgan (1890-yilda yosh imperator Vilgelm II keksa Bismark soyasida qolishni istamasdan, mazkur huquqdan foydalangandi).
Germaniya imperiyasi e’lon qilingan paytdan boshlab 1914-yilgacha bo‘lgan vaqt Yevropa tarixidagi urushlarsiz davom etgan eng uzoq davrlardan biri hisoblanadi. Biroq Bismark tanlagan hokimiyatni rivojlantirish modeli, ko‘plab tarixchilarning fikriga ko‘ra, Berlinning butun qit’ada va hatto butun dunyoda yetakchilik qilish istagini o‘z zimmasiga olardi. Tashqi siyosatning tegishli kursi Bismarkning erta nafaqaga chiqishi va oliy hokimiyat Vilgelm I ning nabirasi Vilgelm II qo‘lida to‘planishidan keyin yanada aniqlashgan. Uning maqsadi faol mustamlakachilik faoliyati, dunyoni qayta taqsimlash va Germaniya tomonidan Britaniya imperiyasi bilan taqqoslanadigan kuchga erishish edi.

Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin