Yuridik fakulteti Kechki ta’lim yo‘nalishi
talabasi Mengqobilov Suxrobbekning
“Davlat va huquq tarixi” fanidan “Yangi davrda Germaniya va Fransiya” mavzusidagi
KURS ISHI Ilmiy rahbar:_____________
Toshkent - 2023 YANGI DAVRDA GERMANIYA VA FRANSIYA DAVLATI Reja: KIRISH…………………………………………………………………………….3 I BOB. YANGI DAVRDA FRANSIYA DAVLATI VA UNING RIVOJLANISHI Fransiya davlatchiligining tashkil topishi……………………….……4
Yangi davrda Fransiyaning birlashuvi………………………………..9
II BOB. YANGI DAVRDA GERMANIYA MARKAZLASHUVI VA YEVROPA GEGEMONIGA AYLANISHI 2.1. Germaniya markazlashuvi uchun urushlar………………………..…12
2.2. Yangi davrda germaniyada siyosiy o’zgarishlar va inqiloblar……....16
XULOSA……………………………………………………………………...….21 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………...…23
KIRISH Yevropada asta-sekin o‘rta asr yerga egalik munosabatlar o‘rnini, yangi sanoat taraqqiyoti va burjuacha munosabatlar egallay boshlashi bilan ishlab-chiqarish rivojlandi. Yangi xom-ashyo manbalari va bozorlar qurilishi boshlandi. Bu jarayon keyingi asrlarda Yevropa fani rivojlanishi uchun ma’lum ma’noda poydevor vazifasini bajardi. XV asr oxiri va XVII asrning o‘rtalariga qadar Yevropa davlatlarida dunyo bo‘ylab sayyohatlar qilindi. Suv va yangi yo‘llarni topish uchun amalga oshirilgan ushbu sayyohatlar keyinchalik Buyuk geografik kashfiyotlar nomi bilan tarixda qoldi. Ushbu davrga kelib yana yangi-yangi ishlab chiqarish turlari-mashinalarning kashf etilishi, temiryul va ko‘priklarning qurilishi, turli materiallarning xossalari va boshqa hodisalarni o‘rganish vaqt, masofa, harakat va uning tezligini o‘rganish matematika, fizika va boshqa fanlarning rivojlanishini talab qildi.
Xuddi shu davr boshlarida absolyutizm va feodal tartiblar tanqid qilinib, ilm-fan va maorif keng targ‘ib qilindi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi bu fikrlar ma’rifat deb atalib, uning vakillari tarixda XVIII asr ma’rifatparvarlari deb atalardi. Ular eski tartiblarni bekor qilishga, yangi ilg‘or tartiblarni joriy qilishga qaratilgan g‘oyalarni ilgari surardilar. Tabiat fanlari rolining oshib borishi kapitalistik manufakturalar va fabrikalarning rivojlanishi bilan mehnat qurolini doimo takomillashishiga ehtiyoji har qachongidan oshib bordi. Qismlari tez harakatlanadigan mashinalarning paydo bo‘lishi tezlashdi. Manufakturalar vujudga kelgan davrdanoq uning qonunlarini bilib olishga qiziqish keskin oshdi. O‘rta asr sxolastikasi va ibtidoiy diniy tasavvurlardan tabiatni tajriba va kuzatishga asoslanib o‘rganish sari burilish ruy berdi. Ilm-fanning amaliy vazifalari olam tuzilishining tabiat qonunlarini bilishga intilish bilan tobora mustahkam birlashishdi, bu esa aql-idrokni asta-sekin, xayoliy zamirlaridan qutqara bordi. Matematika XVI va XVIII asrlarda tegirmon va soat singari mexanizmlarni takomillashtirish jarayonida matematika va mexanikaning ko‘pgina vazifalari xal etildi. XVII asrda soat mayatnigidan foydalanila boshlandi.