Differensial hisob – matematikaning hosilalar va differensiallarni hisoblash, ularning xossalarini o`rganish hamda funksiyalarni tekshirishga tatbiq qilish bilan shug`ullanadigan bo`limi. Differensial hisobning vujudga kelishidagi dastlabki ishlar egri chiziqqa urinma o`tkazish masalasini echishda Ferma, Dekart va boshqa matematiklar tomonidan qilingan. I.Nyuton va G.Leybnits o‘zlaridan avvalgi matematiklarning bu boradagi ishlarini nihoyasiga yetkazdilar. 1. Funksiya hosilasi, uning geometrik va mexanik ma’nosi Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar. Hosila tushunchasiga olib keladigan masalalar jumlasiga qattiq jismni to`g`ri chiziqli harakatini, yuqoriga vertikal holda otilgan jismning harakatini yoki dvigatel silindridagi porshen harakatini tekshirish kabi masalalarni kiritish mumkin. Bunday harakatlarni tekshirganda jismning konkret o`lchamlarini va shaklini e‘tiborga olmay, uni harakat qiluvchi moddiy nuqta shaklida tasavvur qilamiz. Biz bitta masalani olib qaraymiz. Harakat tezligi masalasi.Aytaylik, M moddiy nuqtaning to`g`ri chiziqli harakat qonuniga ko`ra uning t=t0 paytdagi tezligini (oniy tezligini) topish talab qilinsin. Nuqtaning vaqtlar orasidagi bosib o`tgan yo`li bo`ladi. Uning shu vaqtdagi o`rtacha tezligi ga teng. Ma’lumki, qanchalik kichik bo`lsa, o'rtacha tezlik nuqtaning t0 paytdagi tezligiga shunchalik yaqin bo`ladi. Shuning uchun nuqtaning t0 paytdagi tezligi quyidagi limitdan iborat. Fuksiya hosilasi. y=f(x)funksiya (a,b) intervalda aniqlangan bo`lsin, (a,b) intervalga tegishli x0 va x0+ nuqtalarni olamiz. Argument biror (musbat yoki manfiy - bari bir) orttirmasini olsin, u vaqtda y funksiya biror orttirmani oladi. Shunday qilib argumentning x0 qiymatida y0=f(x0) ga, argumentning x0+ qiymatda ga ega bo`lamiz. Funksiya orttirmasi ni topamiz
Bu – nisbatning 0 dagi limitini topamiz. Agar bu limit mavjud bo`lsa, u berilgan f(x)funksiyaning x0 nuqtadagi hosilasi deyiladi va bilan belgilanadi. Shunday qilib, yoki Ta’rif. Berilgan y=f(x)funksiyaning argument x bo`yicha hosilasi deb, argument orttirmasi ixtiyoriy ravishda nolga intilganda funksiya orttirmasi ning argument orttirmasi ga nisbatining limitiga aytiladi. Umumiy holda x ning har bir qiymati uchun hosila ma’lum qiymatga ega, ya’ni hosila ham x ning funksiyasi bo`lishini qayd qilamiz. Hosilada belgi bilan birga boshqacha belgilar ham ishlatiladi. Hosilaning x=a dagi konkret qiymati yoki bilan belgilanadi. Funksiya hosilasini hosila ta'rifiga ko`ra hisoblashni ko`ramiz. Misol: funksiya berilgan, uning: 1) ixtiyoriy x nuqtadagi va 2) x=5 nuqtadagi hosilasi y' topilsin.