Qoraxoniylar davlat boshqaruv tartibi


Kurs ishining obekti va predmeti



Yüklə 50,84 Kb.
səhifə2/8
tarix15.06.2023
ölçüsü50,84 Kb.
#130907
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI AYNIDIN AKA QoraXoniylar davlat boshqaruv tartibi

Kurs ishining obekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obekti Qoraxoniylar davlati va uning boshqaruv tuzumi hisoblanadi. Kurs ishining predmeti Qoraxoniylar davlat boshqaruv tizmining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
Ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsadi yurtimiz davlatchiligini o’rganish hisobllanadi. Ayniqsa Qoraxoniylar paytidagi davlat boshqaruv tizmini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib quyidagilarni kurs ishining vazifalari sifatida belgilab olindi.

  • Qoraxoniylar davlatining tashkil topishini nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.

  • Qoraxoniylar davlatining ijtimoiy tuzumini nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.

  • Qoraxoniylar davlatida iqtisodiy hayot nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.

  • Qoraxoniylar davlatida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari nazariy jihatdan o’rganish va tahlil qilish.

Kurs ishining tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraff, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan tashkil topgan.

I. QORAXONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA IJTIMOIY – IQTISODIY HAYOTI
1.1. Qoraxoniylar davlatining tashkil topishi.
Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati (840-1212) — Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yon bagʻrida tashkil topgan turkiy davlat. Qoraxoniylar sulolasi boshqargan. Qoraxoniylar davlatining barpo etilishida turkiy qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.
X asr o‘rtalarida qarluqlar yag‘mo, chigil, o‘g‘uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval “Xoqoniya o‘lkasi” deb yuritilgan davlat tashkil topadi1. Mazkur davlat hukmdorlari “jabg‘u” deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini “qoraxon”,ya’ni “buyuk xon” deb ataydilar. XI–XII asrlarda Xoqoniya rivoj topib kuchaygach, u “Qarluq-Qoraxoniylar” davlati nomini olgan. Mazkur yirik davlat qator qabilalar ittifoqi asosida tashkil topgani bois hukmdorlari “arslonxon”, “bug‘roxon” va “tavg‘achxon” unvonlari bilan yuritilgan. Bu uchta atama oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda “qora” so‘zi bilan sifatlangan.Shu boisdan taxtda o‘tirgan Arslonxon, Bug‘roxon va Tavg‘achxonlar “qoraxon” deya e’tirof etilgan. Ular boshqargan davlat esa tarixda, keyinchalik, ramziy ravishda “Qoraxoniylar davlati” nomi bilan shuhrat topgan.
Qoraxoniylar tarixining eng yirik va umume'tirof etilgan mutaxassisi B.Kochnev taʻkidlaganidek, Qoraxoniylar oʻzlarini afsonaviy Turon shohi - Afrosiyob avlodlari qatoriga qoʻshib, oʻzlarining sulolasini "al-Afrosiyob" - Afrosiyob avlodi deb atashgan, yozma manbalarida ular Xoniylar yoki Xoqoniylar deb nomlangan. Amerikalik mutaxassis Robert Dankoff Qoraxoniylarning ajdodi Afrosiyobning haqiqiy asl ismi Alp Er Tunga boʻlgan deb taxmin qilgan.
Davlatning tashkil topishi. 992-yilda Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniylar sulolasi chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushib qolgan edi.Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishilik qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi.Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtegin va o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum boshlaydilar. Shunday og‘ir bir sharoitda xiyonat ro‘y beradi.Ya’ni Sobuqtegin qo‘shini Buxoroni egallaydi. So‘ngra u qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo‘lib oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina beriladi, xolos. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay, 999-yilda Buxoroning Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi
Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi. Qoraxoniylar endi Xurosonni ham o‘z davlatiga qo‘shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay qoraxoniylar va g‘aznaviylar o‘rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006- va 1008-yillarda qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo‘shin tortadilar. Lekin Mahmud G‘aznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o‘z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi.
G‘aznaviylarning saljuqiylar bilan jiddiy kurashi boshlanadi.Bundan foydalangan qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Bo‘ritegin 1038-yilda Amudaryo bo‘yi viloyatlari –Xuttalon, Vaxsh va Chag‘oniyonni g‘aznaviylardan tortib oladi. Ko‘p vaqt o‘tmay u Movarounnahrni va Farg‘onani o‘ziga bo‘ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlaydi. Natijada qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi. Biri poytaxti Bolasog‘unda bo‘lgan Sharqiy qoraxoniylar, ikkinchisi markazi Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrdagi Qoraxoniylar davlati edi. Bu g‘alabalardan so‘ng Ibrohim Bo‘ritegin “bug‘roxon” unvonini olgan.2
Qoraxoniylar davlatining bo‘linishi. Qoraxoniylar davlatni viloyatlarga bo‘lib idora qilardilar. Ularni eloqxon yoki takin (yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo‘lgan a’zolaridan saylanar edi.eloqxonlar o‘z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro‘ga ega edi. U Samarqandda taxtga o‘tirgan. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek boshqaruv mahkamasi bo‘lgan. Shaharlar esa shahar hokimi, raislar tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o‘z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do‘stona munosabatlar o‘rnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obro‘yi har qachongidan ham balandga ko‘tariladi.Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu davrda hali o‘troq hayotga ko‘chmagan bo‘lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar.


Yüklə 50,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin