KURS ISHI AYNIDIN AKA QoraXoniylar davlat boshqaruv tartibi
II. Qorahoniylar davlatiningboshqaruv tuzumi va uning o’ziga xos xususiyatlari 2.1. Qorahoniylar davlatining markaziy boshqaruv tuzumi X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar. "Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan. 940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va <> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.6 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005-yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012-yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gʻaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe boʻlib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, soʻngra Samarqandga koʻchirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koʻplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoʻshishgan.
Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaqtga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qarshiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 yil qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shartnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-asr oxirlariga kelib,7 Qoraxoniylar davlati Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008-yillarda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur shahrini zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040-yilda esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davlatini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundirib mustaqil siyosat olib boradi.
X-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yagma" yoki "elikxon" boshchiligidagi Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar - qorluqlar, chigillar, argular, yagmalar va boshqa xalqlar kirgan bolib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bugra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar galabasiga Bugraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur ortasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bolgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgol etadilar, amir Nuh esa Chorjoyga qochishga majbur boladi.8 Ammo Bugraxon kasallanib, oz vatani Koshgarga ketayotganda vafot etadi.
Qoraxoniylar Buxorodan katta olja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yolboshchisi bolgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni ishgol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bolishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgardan Amudaryogacha chozilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargona va qadimgi Sogd yerlarini oz ichiga olgan.1005 yilgacha Somoniylarning songgi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning kopsonli qoshini pirovard galabani ta'minlagan. Bogdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oz hukmronligini ornatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi.
Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun gaznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bolib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, songra Samarqandga kochirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe bolgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda koplab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qoshishgan. Qoraxoniylarning Movarounnahrga hujumi 992-yilda Hasan Bug'roxon boshliq Qoraxoniylar Movarounnahrga tomon hujum boshlaydilar. Ularning harbiy yurishlarida Marida Shosh, Farg'ona va boshqa viloyatlarda yashovchi turk qabilalari ham qatnashadilar. Chunki bu yurtlar Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan qarluqlar davlatining mulki edi. Bu davrda Somoniylar ma'muriyati va harbiy qo'shinlari boshqaruvini o'z qoliga olgan turk noiblari, hatto ayrim viloyatlarni egallab olib, deyarli mustaqil hukmronlik qilayotgan turk noiblari mamlakatni mudofaa qilish o'rniga xoinlik yo'lini tutib, Qoraxoniylarga yon bosadilar.