Strontsion sariq Bo`yoq pigmenti strontsiy xromatdan iborat.
Bu bo`yoq limon-sariq rang. Bo`yoqning xarakterli xususiyatlari:
a) quriganda rangini o`zgartirmaydi, lekin vaqt o`tishi bilan yashiltob tusga kiradi.
b) izumrud yashil va marganets ko`k bilan aralashmasi yorqin yashil ton beradi.
v) qoplovchilik xususiyatiga ega.
Yorug`likka chidamli.Vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.
Bo`yoq XlX asrdan buyon ishlatilib kelinadi.
Volkonskoit va yashil yer Volkonskoit to`q yashil rangga ega bo`lgan, dispers loyi turiga kiruvchi yer pigmentidan iborat. Volkonskoit to`q yashil rangli bo`yoq bo`lib, kuchsiz to`yingan va intensivlikka ega.
Bo`yoqlarning xarakterli xususiyatlari;
a) ularni ingichka qatlam qilib surish lozim.
b) lessirovka texnikasida ishlatish mumkin.
v) qalin qatlam qilib ishlatilsa vaqt o`tishi bilan yorilib ketadi.
G) Bo`yoqni yelimli gruntga ishlatmaslik kerak.
Volkonskoit va yashil yer o`ta yorug`likka chidamli. Bu ikkita bo`yoq ham vodorod sulfit va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.
Bu bo`yoqni XX asrning 60-70 yillaridan boshlab ishlatib kelishmoqda.
Ultramarin
Ultramarin pigmenti kaolin, sulfit, info`zor yeri, kvarts ko`mir va tosh ko`mirni kuydirish yo`li bilan olinadi.
Ultramarin ko`k rangli bo`yoq bo`lib, to`q va yorqin tusga ega. Ultramarin ko`k rangli bo`yoq bo`lib, to`q va yorqin tusga ega.
Ultramarinning xarakterli xususiyatlari:
a) bo`yoq o`rtacha qoplovchiliq xususiyatiga ega.
b) lessirovkalik xususiyatiga ega.
v) quyosh nurlari ta'sirida moyli bog`lovchisini yo`qotadi, bo`yalgan yuza ochlanib ketib, to`kilib ketuvchi ko`kunga aylanadi. Bu hodisa «Ultramarin kasalligi» deb yuritiladi.
Ultramarin o`rtacha yorug`likka chidamli.
Vodorod sulfid va sulfat gazlari ta'sirida rangini o`zgartirmaydi.
Bu bo`yoq rangtasvirda 1828 yildan buyon ishlatilib kelinadi.