Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


IV. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanishning asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə11/15
tarix13.04.2023
ölçüsü32,39 Kb.
#97074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish,

IV. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanishning asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Elektr asboblari va ko‘chma elektr chiroqlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
148. Elektr asboblari va ko‘chma elektr yoritqichlardan foydalanishda ularning kabel va simlari osilgan holatda bo‘lishi kerak. Ish paytida bu kabel va simlarni tarang qilish yoki egish man etiladi. Kabel va simlar metall, issiq, ho‘l va yog‘liq sirt va jismlarga tegib turmasligi kerak.
149. Biron-bir elektr asbobi yoki ko‘chma elektr yoritqich shikast topsa, darhol barcha ishlar to‘xtatilishi shart.
150. Elektr asbobi bilan ish to‘xtatilgan yoki tanaffus paytida elektr asbobi elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi kerak.
151. Elektr asboblaridan foydalanuvchi shaxslarga quyidagilar man etiladi:
uning tasarrufidagi elektr asboblarni boshqa shaxslarga vaqtincha berish hamda uni ochish va ta’mirlashga urinish;
elektr asboblari simlarini yoki aylanib turgan kesuvchi asboblarini qo‘l bilan ushlash;
tirab qo‘yiladigan narvonlardan foydalanish;
elektr asboblarni elektr tarmoqqa ulangan holatda nazoratsiz qoldirish.
152. Elektr asbobi o‘z inventar raqamiga ega bo‘lib, quruq, isitiladigan xonalarda javonlarda saqlanishi kerak.
153. Elektr asboblari va ko‘chma yoritqichlar bilan ish boshlashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak:
detallarning to‘liqligi va ishonchli mustahkamlanganligini tekshirish;
kabel va uning himoya trubkasi hamda shtepsel vilkasini tashqi ko‘rikdan o‘tkazib, ishga yaroqliligini tekshirish;
elektr asboblarning sopi, qopqog‘i va izolatsiya detallar qobig‘ining butligini tekshirish;
himoya g‘iloflarining mavjudligi va ularning ishga yaroqliligini tekshirish;
qayta ulagichning aniq ishlashini tekshirish.
154. Nuqsonlar topilgan asbob-uskunalarni ishlatish man etiladi.
155. Xavfli binolarda kuchlanishi 42 V bo‘lgan ko‘chma elektr chiroqlardan foydalanish lozim. O‘ta xavfli binolarda kuchlanishi 12 V bo‘lgan ko‘chma elektr chiroqlar qo‘llaniladi. 42 V kuchlanishli elektr chiroqlar manbai sifatida pasaytiruvchi transformator, generator va akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Avtotransformatorlarni qo‘llash man etiladi.
156. 42 V kuchlanishli tarmoqlarning shtepsel rozetkalari 127 va 220 V kuchlanishli shtepsel rozetkalaridan farq qilishi kerak.
157. Qoplamalarda qisqa tutashuv yo‘qligini va izolatsiya qarshiligini, yerga ulash qismlarida uzilish yo‘qligini tekshirish amallari oyiga 1-marta 500 V kuchlanishda sinalib, megommetr yordamida izolatsiyasi o‘lchanib, maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.
158. O‘ramlar izolatsiyasining va boshqa elektr asboblar elektr zanjirlarining metall qoplamalari va tashqi metall detallariga nisbatan qarshiligi 0,5 MOm dan kam bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin