Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish,
1-§. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishda qo‘yiladigan xavfsizlik talablari 169. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkillashtirish uchun xodimlar soni mas’ul shaxs tomonidan belgilanadi.
170. Bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi xodimning elektr xavfsizligi bo‘yicha malaka guruhi III-guruhdan past bo‘lmasligi kerak.
171. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shaxs aynan shu vositalariga biriktirilgan xodim yoki maxsus buyruq bilan tayinlangan boshqa xodim bo‘lishi mumkin.
172. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga bir o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi xodim qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlari uchun mas’ul shaxs tomonidan belgilanadi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
173. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini nazorat qilish va boshqarish xonasidagi elektr qurilmalarining eshiklari doimo yopiq bo‘lishi kerak.
174. Har bir eshik qulfining ikki to‘plamdan kaliti bo‘lishi va ulardan bittasi zaxirada bo‘lishi kerak.
175. Kalitlar qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini nazorat qilish va boshqaruv navbatchisida saqlanishi va har kuni ish tugashi bilan unga topshirilishi zarur.
176. Taqsimlagich qurilmalar, shchitlar, shina simlarini ko‘rikdan o‘tkazayotgan paytda tok o‘tkazgich qismlarini ushlash, artish, tozalash, tuzatish, ogohlantiruvchi plakat va to‘siqlarni olib qo‘yish man etiladi.
177. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘chirib-yoqish qurilmalari, pultlarni ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida ularning eshiklarini ochish huquqiga ega.
178. Saqlagich (predoxranitel)larni o‘rnatish yoki olish uchun elektr qurilma tarmoqdan uzib qo‘yilishi shart.
179. Tarmoqdan uzib qo‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda saqlagichlarni kuchlanish ostida almashtirish, faqat maxsus qisqichli omburlar, himoya ko‘zoynaklari va dielektrik qo‘lqoplar yordamida ruxsat etiladi.
180. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarida kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan yopiq turdagi saqlagichlarni almashtirish uchun dielektrik qo‘lqoplarni ishlatish lozim.
181. Ish yakuni bo‘yicha quyidagi xavfsizlik talablariga amal qilish lozim:
elektr va qo‘l asboblarini elektr tarmog‘idan o‘chirish;
ish joyini tozalash va tartibga keltirish;
qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini ish holatiga keltirib, tekshirib ko‘rish;
amalga oshirilgan tadbirlar natijalarini maxsus jurnalda qayd etib, tashkilot rahbariga axborot berish.