Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. O‘lchov amallarini bajarishda xavfsizlik talablari



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə10/15
tarix13.04.2023
ölçüsü32,39 Kb.
#97074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish,

5-§. O‘lchov amallarini bajarishda xavfsizlik talablari
125. Elektr qurilmada o‘lchov amallarini bajarishda vaqtincha ko‘chma yerga ulash tuzilmalari izolatsiyasiz ko‘p tolali, kesim yuzasi 2,5 mm2 dan kam bo‘lmagan simdan iborat bo‘lishi kerak.
126. O‘lchov asboblarining metall korpuslari yerga ulangan bo‘lishi kerak. Xavf bo‘lmagan hollarda yerga ulash tadbirlarini bajarish shart emas. Bunda isitish qurilmalari, quvurlar va boshqa metall konstruksiyalar tok o‘tkazmaydigan panjara bilan chegaralangan bo‘lishi kerak.
127. Ko‘chma qurilmalarni elektr tarmoqqa ulash va uzib qo‘yish amallari kuchlanish to‘la o‘chirib qo‘yilganda bajarilishi lozim.
128. O‘lchov sxemalarini kuchlanish uzib qo‘yilgan sharoitda yig‘ish kerak.
129. O‘lchov sxemalarini yig‘ish paytida kuchlanish uzib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
130. O‘lchov amallarini bajarayotgan xodimlarga o‘lchov paytida ish joyini tashlab ketish man etiladi.
131. O‘lchovlar faqat bir qo‘l bilan bajarilishi, ikkinchi qo‘l esa bo‘sh turishi kerak.
132. Elektr qurilma va transformator o‘ramlarini 105 Om dan yuqori bo‘lgan holatlarda elektr izolatsiyasini o‘lchash uskunasi (megommetr) yordamida o‘tkaziladigan o‘lchovlarni maxsus tayyorlangan xodimlar o‘tkazadilar. O‘lchovlarni ikki kishi o‘tkazib, ulardan birining malaka guruhi III-guruhdan past bo‘lmasligi kerak.
133. Elektr qarshiliklarni o‘lchash uskunasi bilan o‘lchovlar o‘tkazishdan oldin elektr qurilma atrofida odamlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
6-§. Balandlikda ishlashda xavfsizlik talablari
134. Tayanchga ko‘tarilib ish boshlashdan oldin xodim o‘z maxsus jihozlarini ko‘rikdan o‘tkazib, ularda nuqsonlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
135. Tayanchga ko‘tarilib ish boshlashdan oldin uning mustahkamligini tekshirish kerak. Agar tayanchda chaqmoqqa qarshi qurilma mavjud bo‘lsa, unda kuchlanish yo‘qligini tekshirish kerak.
136. Tayanchda ishlash vaqtida balandlikda albatta kamar zanjiri va tirnoqlarni tayanchga mahkamlab biriktirish kerak.
137. Tayanchda kamar va tirnoqlarsiz ishlash, shuningdek tayanchga kamar va tirnoqlar yordamida ko‘tarilib, lekin ularni mustahkam biriktirmasdan ishlash man etiladi.
138. Bir tayanchga bir vaqtning o‘zida ikki kishi ko‘tarilib ishlashi man etiladi.
139. Maxsus o‘lchov asboblari va indikatorlari yordamida simlarda ortiqcha kuchlanish yo‘qligini tekshirish kerak.
140. Ilgakli tayanchda ishlash uchun tayanch burchagining tashqi qismida turish kerak.
141. Asboblarni travers va simlarga qo‘yish hamda osish, shuningdek yuqorida ishlayotgan xodimga jismlar uloqtirish man etiladi. Biror jismni yuqoriga ko‘tarish uchun maxsus arqon ishlatilishi kerak.
142. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari tarmoqlari bilan elektr tarmoqlari kesishsa yoki tok o‘tkazgich qismlarga yaqin joylashsa, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlov va montaj ishlari faqat kuchlanish uzib qo‘yilganda va yerga ulash amallari bajarilganda ruxsat etiladi. Kuchlanishni uzish vaqti to‘g‘risida tegishli elektr tarmoqlari korxonalariga xabar berishi lozim.
143. Tarmoqda ortiqcha kuchlanish borligini aniqlagan xodim ishni boshlamasdan oldin o‘z boshlig‘iga ma’lum qilishi hamda tarmoqda nuqsonni bartaraf etish uchun shu hudud uchun mas’ul shaxs chaqirtirilishi kerak. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga elektr tarmoqdagi shikastlarni ta’mirlash man etiladi.
144. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari tarmoqlarida ish olib borayotgan xodim yoki ishlatilayotgan asboblar bilan kuchlanishi 1000 V gacha havo tarmog‘i orasidagi masofa 0,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar shu oraliqdan yaqinroq masofalarda ishlashga to‘g‘ri kelsa, u holda simlarda kuchlanish uzib qo‘yilib, yerga ulash amallari bajarilishi lozim.
145. Tashkilot xodimlariga tayanch va elektr tarmoqlarga teginish va biror ulash amallarini bajarish man etiladi.
146. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari va boshqa elektr tarmoqlarini birgalikda o‘tkazish to‘g‘risidagi masala tegishli elektr tarmoqlari korxonalari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.
147. Inshootlarga kirish joylarida elektr tarmoq va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalari simlari faqat gorizontal holatda va 1,5 m masofada o‘rnatiladi. Simlarni ustma-ust osish yoki kesishish tadbirini bajarish man etiladi.

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin