Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə5/15
tarix13.04.2023
ölçüsü32,39 Kb.
#97074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish,

7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
28. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
29. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
30. Xodim tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ushbu xodim ishga qo‘yilishi mumkin emas.
31. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
32. Xonalarni tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talabiga mos bo‘lishi lozim.
33. Yoritish vositalarida ko‘zni qamashtirishdan saqlovchi choralar ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
34. Yoritish uskunalarini o‘rnatishda chiroqlarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos bo‘lishi kerak.
35. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
36. Yorug‘ tushuvchi oynalarni har yili kamida ikki marta tozalash lozim.
37. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarning begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan to‘sib qo‘yilishiga ruxsat etilmaydi.
38. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan ko‘p bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak.
39. Ish joylarining yoritilganligi nazorat tartibida bir yilda kamida ikki marta o‘lchanishi va o‘lchash natijalari jurnalga kiritilishi lozim.
40. Yoritish vositalarini nazorat qilish va ta’mirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
41. Elektr yoritish o‘tkazgichlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi kerak.
42. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
43. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin