1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s
204-mashq. O‘qing. So‘roq olmoshlarini topib, qanday o‘zgarganini va gapdagi vazifasini ayting. So‘roq gap tuzishda vosita bo‘lgan so‘roq olmoshlarini aniqlang.
1. Odam, nima yaxshi bo‘lsa, shuni qilishi kerak. (O‘. U.) 2. Ammo men bir narsaga tushunolmay turibman: shunchalik gaplaring bor ekan, savollaring bor ekan, nega shu choqqacha indamay keldilaring? (A. Q.) 3. Siz mening kimim bo‘lasiz, amaki? (I. R.) 4. Hilolangiz poliz brigadasiga borib, fermaga qancha po‘choq beryapsiz, deb so‘roq qilibdi. (I. R.) 5. Axir mening nimam Nazokatga o‘xshaydi? (S. An.) 9. “Ulari ham mayliga, — deb gap qo‘shdi polizchi chol, — kimlar qancha bepul qulupnay yeganini yozib ber, pulini undirib olamiz, deyapti”. (I. R.) 10. Bekning “mard” yigitlari qani? Quyondek qochib qolishdi-ku. (S. Kalmikov.)
205-mashq. O‘qing. Belgilash olmoshlarini topib, qanday o‘zgarganini ayting, so‘ngra jamlovchi, yakkaga ajratuvchi, jamlikning qismini bildiruvchi belgilash olmoshlarini uch ustunga ajratib yozing.
1. Axir, bugun shunday kunki, har kim o‘z do‘sti bilan birga bo‘lgisi keladi! (O. Yo.) 2. O‘rta yer dengizidagi juda ko‘p turg‘un baliqlardan ba’zilarini boshqalariga nisbatan uzoqroq kuzatdim... (J. Vern.)3. U har narsadan zavqlanish, lazzat topish, erkalanishni istar edi. (J. Abd.) 4. Dengiz barcha bo‘yoqlarni o‘zida singdirib, moviy rangdagina jilvalanar edi. (J. Vern.) 5. Qudratning birdan-bir maqsadi ularning hammasida haqiqiy fanga qiziqish uyg‘otish edi. (J. Abd.) 6. Har biri itdek-itdek keladigan bahaybat chumolilarni ko‘rdim. ...Har ajdar ilonlar borki, fildek keladi, va fil kuchi bilan hamla qiladi... (K. Moiseeva.) 7. Har bir odam uchun javobgarsiz. Mas’uliyatning bu tomonlarini ham sezing-da. (J. Abd.) 8. Agronom so‘zini eshitib, ba’zi qizlar hazilni to‘xtatishgan bo‘lsa ham, boshqa shaddodroqlari pisand qi-lishmasdi. (H. G‘.) 9. Uning chaqmoqdek chaqnab, qurilishga birdaniga jon kiritib yuborgani, hammani qattiq harakatga solib qo‘ygani durust. (J. Abd.)
206-mashq. O‘qing. O‘zlik olmoshini aniqlab, qanday turlanganini va gapdagi vazifasini tushuntiring. Ikkita gapni ko‘chirib, o‘zlik olmoshiga qo‘shilgan egalik qo‘shimchasi tagiga to‘g‘ri, kelishik qo‘shimchasi tagiga to‘lqinli chiziq chizing. Matnda uchragan boshqa olmoshlarning turini ayting.
1. Ular o‘z qo‘llari bilan nimalar yaratib, nimalar ishlab chiqarishga qodir ekanliklarini bilib olishlari kerak! (J. Abd.) 2. Nazarimda, u o‘qishimga xalaqit bermaslik uchun, mendan ham, o‘z huzur-halovatidan ham voz kechdi, shekilli. (CH. Ayt.) 3. Men o‘z-o‘zimga deyman: Nahotki, oz muddatda shunchalik o‘zgaribman. (Mirm.) 4. O‘zing bilasan, o‘t ichidan qaytding, Gitlerni yakson qilish hazilakam ish bo‘ldimi? (O.) 5. Xudoyqulov boshliqlarga o‘zini ishchan, uddaburon qilib ko‘rsatishni bilardi. (J. Abd.) 6. So‘fito‘rg‘ay bo‘lsa g‘azalni o‘zi to‘qib, o‘zi bastalab, o‘zi kuyga solgan, maqomi shu qadar sershavq, jozibadorki, qulog‘imga Nosir akamning sehrgar dutorining ovozi eshitilgandek bo‘ladi. (N. S.) 7. Faqat o‘zigagina tushunarli bo‘lgan doiracha va kvadratlar chiza boshladi... (Yu. Semyonov.)