MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan?
A) Bozorda qari cholni o‘g‘ri deya tutdilar, Ura-sura sho‘rlikni podsho sari eltdilar. (H. Olimjon) B) Agar Oftobxon kirib qolmasa, onangdan ajrala yozgan ekansan. C) Bitta emas qo‘ling, qizim, Ikkita-ku, sanab boq: Sanab ko‘rar, yana jim... (T. To‘la)
D) Surishtirib qarasa, Jonfig‘on faqat o‘n yetti kun ishlabdi, xolos.
(A. Qahhor) Ye) U Toshkentda o‘qiydi.
2 Ravishning asosiy morfologik belgisi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ravish biror so‘z bilan bog‘lanib, birikma hosil qilganda, hech qanday so‘z o‘zgartiruvchi affiks olmaydi. V) ravish o‘ziga xos yasovchi affikslarga ega.
S) Ravish gapda hol vazifasini bajaradi. D) V va S Ye) A va V
3 Ot bilan otning takrorlanishi orqali yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) navbatma-navbat, kundan-kun V) biyron-biyron, uzundan-uzun S) nari-beri, oldinma-keyin D) o‘z-o‘zidan, taqa-taq Ye) barcha javoblar to‘g‘ri.
4 Sifatlarning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, uzundan-uzoq
V) bosh-boshiga, gul-gul S) hali-beri, birin-ketin D) o‘zidan-o‘zi, birma-bir Ye) barchasi noto‘g‘ri.
5 Fe’l shakllarining takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan qatorni toping.
A) bora-bora, qayta-qayta V) vaqt-bevaqt, ochiq-oydin S) turib-turib, qota-qota D) chaqqon-chaqqon, omon-omon Ye) A va S
6 Ravishga ko‘chgan otlar berilgan javobni aniqlang.
A) erta, indin, kecha V) kechqurun, burun, tugal S) yaqqol, rosa, uzluksiz D) osha, o‘ta, qiya, qo‘sha Ye) to‘g‘ri javob yo‘q.
Mashg‘ulotni yakunlash.O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |