1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s
224-mashq. O‘qing. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni aniqlab, o‘timli-o‘timsizlik qanday usul bilan ifodalanganini tushuntiring. Hayajondan Yo‘lchining yuragi, sandonga tushgan og‘ir bolg‘aday, ko‘krakni "gurs-gurs" urmoqda edi. ...Alamli va yarali ko‘ngillardan ro‘yi-rost otilib, havoni yangratgan haqiqat ovozi uning butun vujudini titratdi, mazlumlarning, haqoratlanganlarning, tepkilanganlarning ulug‘, azamat kuni tug‘ilganiga shubha qolmadi. Qanday kun? Zolimlarning, zamon zo‘ravonlarining yoqalarini tutib, toptalgan huquqlarini dovlash, qonxo‘r oq podshohning qora dovrug‘ini, uning mazlum xalqlar boshida jilpanglagan ilon qamchinini sindirish kuni! Yo‘lchi ko‘pdan kutgan va sevgisi qadar chuqur, ma’noli bir kun! U ko‘p yillardan buyon bu kunga intizor emasmidi? Ko‘p yillardan buyon bu kunning dardi va sevgisi bilan yashamasmidi? Ayniqsa, keyingi vaqtlarda bu ulug‘ kunning ruhini o‘z yuragi bilan chuqur sezib, har yerda: mahallada, choyxonada, bozorda o‘zi kabi ezilganlar, alamdiydalarning ko‘kragini bu ruhning otashi bilan yondirishga intilmaganmidi? (O.) 225-mashq. O‘qing, o‘timli va o‘timsiz fe’llarni aniqlang. Ko‘chirib, o‘timli fe’lni o‘timsizga aylantirgan affiks tagiga to‘g‘ri chiziq, o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirgan affiks tagiga esa to‘lqinli chiziq chizing. I. Tala, talandi, kul, boshla, qotirma, o‘tlat, yugur, qutqaz,tushovla, gapir, keltir, egil, qoldir, bo‘shat, bitir, ko‘rin, o‘tkaz, ko‘taril, to‘lat, ko‘rsat, yubortir, ilintir, uxlat, chiq, suyan, so‘ra, maqtandi, eshit, eshitildi, to‘g‘rila, to‘g‘rilandi, qizar, qizartir.
II. 1. Kech kirib qelardi: Kun bo‘yi yiqqan haroratini endi ufurayotganday, hamon yerdan issiq ko‘tarilmoqda. (L.Batь.) 2. Axir... ko‘chatzordagi har bir tup daraxtni ko‘kartirish uchun qanchadan-qancha mehnat sarf bo‘lgan. (S. An.) 3. Bunday uchrashuvda bo‘ladigan hamma gap bo‘lib o‘tdi: quchoqlashdik, kulishdik; har kim o‘z institutidan gapirdi; maktabni, o‘rtoqlarni esladik, qizlardan gapirdik. (As. M.) 4. Quyuq barglar orasida hech narsa ko‘rinmaydi. (S. An.)