Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


-mashq. O‘qing, bo‘lishsiz fe’llarni topib, bo‘lishsizlik ma’nosi qanday ifodalanganini ayting, ularni bo‘lishli shaklga aylantiring



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə84/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

229-mashq. O‘qing, bo‘lishsiz fe’llarni topib, bo‘lishsizlik ma’nosi qanday ifodalanganini ayting, ularni bo‘lishli shaklga aylantiring.
1. Hechqisi yo‘q, azizim, men dunyoda juda katta boylikka — sof vijdonga va xushomadgo‘ylik qilmay ilmu fan bilan shug‘ullanish imkoniga egamen. Buni mendan hech kim tortib ololmaydi. Bilimlarimni boshqalar bilan o‘rtoqlashmoqni ham hech kimsa taqiqlay olmaydi. (L. Batь.) 2. Ahillik bor yerda temir ham suvga cho‘kmaydi. (SH.) 3. CHin do‘stlikning alangasi so‘nmasin der ekanmiz, Birinchi shart — bo‘lmog‘imiz lozim do‘st-la birga biz, Ikkinchi shart — do‘st yo‘lida ayamaslik simu zar, Uchinchi shart — do‘st-la bo‘lmoq og‘ir kunda barobar. (SH. Rustaveli.) 4. Ilm-hikmat bilan ko‘tariladigan shosupaga qurol bilan chiqib bo‘lmaydi. (K. Hamro.) 5. Munisxon va’da bergan vaqtida kelmay qolmaydi. (A. Q.) 6. Na cho‘zilar, na yonboshlar — bo‘sh turardi to‘shak-joy. (SH. Rustaveli.)

5.Mashg‘ulotni yakunlash. O‘qituvchi mashg‘ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag‘batlantiradi va to‘plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg‘ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o‘z mulohazalarini bayon qiladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Fe’llarning leksik va grammatik xususiyatlari haqida gapiring.
2. Fe’lning ma’no turlarini sanab bering.
3. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni ayting ular ishtirokida gaplar tuzing.
4. O‘timli va o‘timsiz fe’llarni misollar bilan izohlang.

MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI:
1. Mayl kategoriyasi qanday munosabatni ifodalaydi?
A) harakat bilan ob'yekt o’rtasidagi aloqaning voqelikka munosabatini
B) harakatning nutq momentiga munosabatini
C) harakat bilan sub'yekt orasidagi aloqani
D) A va V
2. Fe'l qanday grammatik kategoriyalarga ega?
A) daraja, mayl, zamon, tuslanish
B) daraja, bo’lishli-bo’lishsizlik, mayl, zamon, shaxs-son
C) daraja, mayl, zamon, shaxs-son
D) daraja, mayl, ko’rinish
3. Fe’l nega tuslanadi?
A) kesim bo‘lgani uchun
B) fe’l bo‘lgani uchun
S) harakat bildirgani uchun
D) hokim bo‘lak bo‘lgani uchun
4. Fe’lning grammatik ma’no turi:
A) harakat, holat
B ) o‘timli, o‘timsiz
S) faoliyat, tafakkur
D) lug’aviy va aloqa munosabat shakli

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin