Son tahlili namunasi
1. So‘rog‘i.
2. Butun yoki kasrligi.
3. Ma’no turi.
4. Hisob so‘zi bor-yo‘qligi.
|
5. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
6. Tuzilish turi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.
|
2-MA`RUZA. MAVZU: OLMOSH. OLMOSHNING GRAMMATIK MA’NOSI.
(2 soat)
1-ilova
Ma’ruza mashg‘uloti rejasi:
1. Olmoshning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari
2. Olmoshlarning ma’no turlari
3. Boshqa turkumga oid so‘zlarning olmoshlarga ko‘chishi
4. Olmoshlarning tuzilish jihatdan turlari
2- ilova
Dasturlashtirilgan topshiriq savollari:
1. Olmosh deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Olmoshlarning grammatik xususiyatlarini sanab ko‘rsating.
3. Kishilik olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring.
4. O‘zlik olmoshi va uning xususiyatlari haqida gapiring.
5. Ko‘rsatish olmoshlari va ularning ususiyatlari haqida gapiring.
6. So‘roq olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring.
7. Belgilash olmoshlari va ularning xususiyatlari haqida gapiring.
8. Bo‘lishsizlik olmoshlari va ularning
Olmosh haqida ma’lumot
Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so‘z birikmasi va gap o‘rnida qo‘llana oladigan, aniq lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z turkumi olmosh deb ataladi:
Ot o‘rnida: Karim juda quvondi, chunki u o‘z orzusiga erishgan edi.
sifat o‘rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman.
son o‘rnida: Menda ikkita qalam bor, senda nechta bor?
4. Ravish o‘rnida: Men bugun ketaman, sen qachon ketasan?
5. So‘z birikmasi o‘rnida: Yomon so‘z bosh qozig‘idir, shunday so‘zni gapirmagan ma’qul.
6. Gap o‘rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan, bu esa insondagieng yomon xislatdir. Olmoshlar turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo‘lib keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
Dostları ilə paylaş: |