1. Kishilik (shaxs) olmoshlari Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo‘shimchasi –niki qo‘shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki.. Kishilik olmoshlari gapda ega (Menkeldim), to‘ldiruvchi (Sengaaytaman),qaratqich aniqlovchi (Uningukasikelibdi), ot- kesim (Mening do‘stimsensan) vazifalarini bajaradi.