Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


-amaliy mashg`ulot: SON. SONNING GRAMMATIK MA`NOSI MORFOLOGIK BELGILARI, SINTAKTIK VAZIFASI



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə72/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

1-amaliy mashg`ulot: SON. SONNING GRAMMATIK MA`NOSI MORFOLOGIK BELGILARI, SINTAKTIK VAZIFASI.
1-ilova

Mashqlar bajarish



184-mashq. O‘qing. Numerativ so‘z bilan birga qo‘llangan sonlarni aniqlab, numerativ so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1. O‘zlaringni zo‘rlab bo‘lsa ham bir qoshiq-yarim qoshiqdan ovqat ichinglar! (N. S.) 2. Mayning yettilariga borib urug‘ sochish kerak! (S. Ahm.) 3. — Qayvaqtda bo‘lgan bo‘lishi mumkin?—Bundan o‘n asrlar muqaddam, do‘stim. (N. Biryukov.) 4. Soatiga atigi olti milya yo‘l bosyapmiz. (Yu. Smuul.) 5. Bir yillik xirojni — uch yuz ming dinorni oldindan yubortirdi. (S. B.) 6. U turgan joydan ellik qadamlarcha narida trassa ko‘kimtir chiroqlar bilan yoritilgan. (N. Biryukov.) 7. Ichkariga kir, uka. Biron piyola choy ich! (S. Ahm.) 8. SHtirlits soatiga qaradi: roppa-rosa yetti. (Yu. Semyonov.) 9. Uch-to‘rt oygina bo‘lsa ham diydoriga to‘ydirib ketdi. (S. Ahm.) 10. Zulfiqorovning xotini bitta qiyiqchada uch-to‘rtta anor, bir kilodan mo‘lroq sariq kishmish olib keldi. (A. Q.) 11. ...O‘n ming juftdan ortiq ko‘zlar bahaybat qoyali tog‘larga tikildi. (N. Biryukov.) 12. Uzoqda, taxminan, uch chaqirim narida tog‘ tizmasi ko‘rinib turardi. (F. Muhammadiev).
185-mashq. Gaplarni o‘qing. Sanoq va tartib sonlarni aniqlab, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ikki ustun shaklida ko‘chiring, gapdagi vazifasini ayting.
I. Birinchi o‘quv yilining birinchi, ikkinchi, uchinchi choragida biz “tosh daftar”, “kesak” qalamda yozib dars tayyorlardik. Keyinchalik paydo bo‘lgan «Sovg‘a» nomli o‘qish kitobi ham har olti o‘quvchiga bir donadan taqsimlab berilgan edi.
II. Er kurrasining uch yuz oltmish bir million kvadrat kilometri suvdan iborat. Bu suvning hajmi bir ming uch yuz yetmish million kub kilometrga tengdir. Demak, yer yuzidagi suvning vazni bir ming uch yuz yetmish kvintillion tonnadir.
Bu sonning naqadar kattaligini idrok etish uchun shu narsani bilish kerakki, milliard oldida bir qanchalik kichik raqam bo‘lsa, kvintillion oldida milliard ham shunchalik ushoq sondir yoki boshqa so‘z bilan aytganda, milliardda qancha bir bo‘lsa, kvintillionda shuncha milliard bor.
Quruqlik suvdan bir yuz qirq million olti yuz ming yetti kvadrat metr joyni tortib oldi...

Fan besh asosiy oqimni kartaga tushirgan: biri — Atlantika okeanining shimoliy qismida, boshqasi janubida, uchinchisi Tinch okeanining janubiy qismida, to‘rtinchisi shimolida va nihoyat, beshinchisi Hind okeanining janubiy qismidadir. Ehtimol, Kaspiy va Orol dengizlari hamda Osiyodagi katta ko‘llarning suv havzasi bitta bo‘lgan uzoq o‘tmishda Hind okeanining shimoliy qismida oltinchi oqim ham bo‘lgandir. (J. Vern.)



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin