Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə75/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Sonning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari ayting?
2. Butun son, kasr son, aralash son va ularning yozilishi.
3. Sonning ma’no turlarini ayting .
4. Hisob so‘zlari (numerativlar) haqida ma’lumot bering.
5. Sonlarning tuzilish jihatdan turlarini ayting.

MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1. Son otlashganda, qanday sintaktik vazifada keladi?

A) undalma, ikkinchi darajali bo‘lak B) bosh bo‘lak

C) kirish so‘z D) A,B,C.

2. Otlashgan son qaysi gapda mavjud?

A) Ikkalasi navqiron aktrisaga bamisoli sehrlanganday tikilishardi. B) Shuxatlardan ikkitasini sho‘xroq yigit yozgan edi. C) Bu erda u sakkizinchi va to‘qqizinchi sinflarda bir yo‘la o‘qishga ulgurdi. D) A, B.

3. Egalik affiksining qaysi shaxsdagi shakli otlashgan sonlarga qo‘shilmaydi?

A) II shaxs ko‘plik B) I shaxs birlik

C) III shaxs birlik D) II shaxs birlik

4. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.

A) Majlisga besh-olti ota-ona keldi. B) Karima to‘rt-besh yil sabr qildi. C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo‘ldi. D) O‘n beshinchi kuni hovlimizga ko‘chgan edik.

5. Gap tarkibida qo‘llangan juft sonlar asosan sonning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub?

A) tartib sonlarga B) jamlovchi sonlarga

C) chama sonlarga D) qo‘shma sonlarga

6. Bir so‘zining chegaralov (ayiruv) ma’nosi qaysi qatorda berilgan?

A) Bir gektar erni bog‘u bo‘stonga aylantirdi. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsiradi. C) U bir kuni ovga chiqdi. D) Hamma keldi, bir Hakimjon ko‘rinmadi.

7. Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo‘llangan?

A) Bu sinfda yigirma beshta o‘quvchi ta’lim oladi. B) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. C) Shahrimizda o‘nlab teatrlar bor. D) Ikkovimiz ham pastga tushdik.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin