Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə74/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

189-mashq. Chama sonlarni topib, qanday yasalganini izohlang va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Axir, sizdek minglab xotin-qizlar cho‘rilikdan qutulib, biri doktor, biri injener, biri muallima bo‘lib xalqimizga xizmat qilmoqda. (Z. Fatxullin) 2. Ikki yuz - uch yuz qadamcha esini yo‘qotib yugurgandan keyingina uning ovozi chiqdi. (P. T.) 3. Yana uch soatlardan so‘ng xoinlar iziga tushamiz. (N. S.) 4. Xona eshigi oldida o‘nlarcha odam navbat kutib turibdi. (N. S.) 5. Katta yo‘ldan o‘ttiz qadamcha narida, kanal yoqasida kichikroq yog‘och ko‘prik bor edi. (N. Biryukov) 6. Ot yana yuz metr chamasi chopib bordi. (S. Kalmikov.) 7. Kunduz soat uchlarga borib birdan yomg‘ir yog‘a boshladi. (R. Z.) 8. Eshik ochilib, yetti-sakkiz yosh-qari dehqonlar hujraga kirdilar. (O.) 9. Hovlining narigi tomonidan, molxonadan, o‘n ikki-o‘n uch yoshlardagi yapaloq yuzli, dumaloq ko‘zli bir bola yugurib chiqdi. (P. T.) 10. “Uch tepa” cho‘liga qurilgan necha yuzlab chaylalar qamish-qiyoqdan yasalgan edi. (N. S.) 11. Mahallamizdan o‘n chog‘liq keksalar eshigimizdan kirib kelishdi. (N. S.) 12. Uch yoki to‘rt kun muqaddam bu surbet menga hisob-kitobni ko‘tarib kelibdi. (A. Dyuma.) 13. Sobirov engashib, taxminan o‘n besh gramm keladigan yaxshi pishgan yirik bir qulupnaynn uzib oldi. (N. Biryukov.)
190- mashq. O‘qing. Jamlovchi sonlarni aniqlab, gapdagi vazifasini, yasalishini tushuntiring.
1. Amu ichra beshovlon Rejalar tuzib keldik. (Mirm.) 2. Ishonchim komil: ikkovlaring darrov... apoq-chapoq bo‘lib ketardilaring. (K. Moiseeva.) 3. Biri bizga uzoqroq qarindosh, ikkinchisi begona, hammahalla, Ikkalasi ham to‘quvchilik hunarining piri. (N. S.) 4. — Yuzta diviziya kelyaptimish. — Diviziyalarning yuzovi ham sening ustingga kelyaptimikin-a? (I. R.) 5. Ikkalang ham maorif shu’basining tasdig‘idan o‘tdinglar. (N. S.) 6. Bog‘da gurung qurib o‘tirgan har ikkala erkak ham bir farzandning otasi ekanligini muhtaram o‘quvchi sezgandir.(H. Tojiboev.) 7. Komissarning kreslosida bir emas go‘yo o‘n bir komissar o‘tirardi. O‘n birovi ham bir gapni aytardi. (I. R.) 8. U o‘zining beshala sezgisiga zo‘r berib tinglardi. (A. Dyuma.) 9. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi. (A. Q.)
191-mashq. Gaplarni o‘qing, taqsim sonlarni topib, yasalishini va dona sondan farqini tushuntiring.
1. O‘qituvchilar tayyorlash kursida yiliga uch oy-uch oydan olti oy o‘qidim. (N. S.) 2. Yog‘ochni bir qarich-bir qarich qilib arralay boshladilar. (N. S) 3. ...Goho bir yo‘la ikki, goho uch qoshiqdanga kelishib... ichishardik. (N. S.) 4. Har bir xumga o‘n paqirdan suv ketardi. (N. S.) 5. Otasi... har bir charm hamyonga yuztadan qilib joylashtirarkan... (K. Moiseeva.) 6. Tol novdasi bilan o‘nta-o‘nta bog‘langan ko‘chatlarni Feruzaga uzatib turdi. (H. G‘.)

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin