Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha maktab MMIBDO’ A.Qoraqulovga so‘z berildi. O‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizomning bandlari, bu qarordan kelib chiqadigan tadbirlar rejasi va qarorning ijrosini amalga oshirish uchun amalga oshiriladigan vazifalar haqida gapirdi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga solish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning telefondan foydalanish, ularda mavjud bo‘lgan turli faxsh, buzg‘unchilik, zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi musiqa, video va fotorasmlarning bo‘lmasligini nazorat qilish tartibi haqida aloxida to‘xtalib, bunday ma’lumotlar o‘quvchilar ongini zah arlashi,o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi, ular ongida ma’naviy bo‘shliqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, ularda o‘z yurtiga bo‘lgan muhabbati so‘nib borishiga, yaqinlariga bo‘lgan mehr-muhabbati kamayishiga uziga bo’lgan ishonchi yo‘qoladi deb o’z so’zini yakunladi.