Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab Amaliyotchi psixologi so’zga chiqib quyidagilarni gapirib o’tdi. Erkak – oila boshligʻi, xonadon ustuni. Bu eʼtirozsiz qabul qilingan meʼyordir. Ana shu meʼyorni ushlab turish, ota rolini munosib bajarish, uni maromiga yetakazish, har bir erkakdan katta maʼsuliyatni talab etadi. Chunki uning har bir xatti-harakati bolalarning diqqat markazida boʻladi. Farzandlar, ayniqsa, oʻgʻil bolalar istaysizmi-yoʻqmi, otaga, uning yurish-turishi, odob-axloqiga taqlid qiladi.
Ota tinmay mehnat qiladi, yelib-yugurib, roʻzgʻoriga rizq va baraka keltiradi. U oilani boshqarishni oʻz burchi deb biladi. Xonadonda tarbiya topayotgan oʻgʻil farzandlar oʻzlarini ota qiyofasida koʻrishga va ulardan nusxa olishga harakat qilishadi. Roʻzgʻor yuritish, farzandlar tarbiyasi esa sevimli va mehribon onalar zimmasidagi vazifadir. Ota hurmatini joyiga qoʻyish, er-xotin munosabatlarini farzandlariga namuna qilib koʻrsatish ayolning mahoratiga bogʻliq.
Ota, eng avvalo, farzandlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir etishini anglagan holda oiladagi munosabatlarni toʻgʻri tashkil etishi lozim. Lekin buning aksi boʻlsa, u otalik masʼuliyatini chuqur his qilmasa, oʻz mavqei haqida oʻylamasa, demakki, bunday oilada muvozanat buziladi. Bolalarda padari buzrukvoriga nisbatan ishonch, gʻururlanish hissi soʻnib boradi. Bu holat ayniqsa, oʻgʻil bolalar ruhiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Chunki, ular uchun otasidan kuchli va aqlli inson yoʻq, dunyoda. Oʻsmir yoshiga yetgan oʻgʻil-qizlarda bu holat ayniqsa, kuchli seziladi.
Shunday ekan oilada sogʻlom munosabatning shakllanishida qolaversa, farzandlarni yetuk va komil inson boʻlib voyaga yetishilarida otalarning roli va oʻrni juda ham beqiyos. Har bir insonning hayotidagi eng katta boyligi bu uning farzandlaridir. Har bir ota-ona farzandini yaxshi tarbiyalash, ularning orzularini amalga oshirishni va yuksak choʻqqilarga erishishini istaydi. Bu orzu-istaklar oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Bunday vaziyatlarda ota-onalardan tarbiyada oʻta noziklik va hushyorlikni talab etadi, albatta. Ular burchlarini sidqidildan bajarsagina oʻylagan maqsadlariga erisha oladi degan fikrlarni bildirib o’tdi. (“Mehribon ota” 2-va 3-vodio roliklar namoyish etildi.)
Dostları ilə paylaş: |