To’rtinchi masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqib Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kiyinish madaniyati bilan bog‘liq normalar amaldagi ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo’ilgan.
Shuningdek, 2021 yilning 5 iyul kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning sharhida ham amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinishi ma’lum qilingan.
Mazkur vakolatdan kelib chiqib, hukumat tomonidan 2018 yil 15 avgustda 666-son “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan. Shu bilan birga, mazkur qaror bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom (matnda keyingi o‘rinlarda – nizom) tasdiqlangan.
Nizomga muvofiq, o‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:
ogohlantirish;
kundalik daftariga qayd etish;
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.
Qayd etilishicha, mazkur talablarga o‘quvchilar tomonidan qat’iy amal qilinishi uchun ota-onalar mas’ul hisoblanishini nizomda belgilangan.
Bugungi kunda davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari ta’lim muassasasiga mazkur nizom talablarida belgilangan tartib hamda ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan maktab formasiga muvofiq kiyinishlari, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi 509-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun hukumat tomonidan tasdiqlangan maktab formasi majburiy hisoblanadi. 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi ushbu shaxslarni bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanganligi haqida tushunchalar berib o’tdi.
Dostları ilə paylaş: |