258
kunduz o‘tirmadim” (
Türük bodun üčün tün udïmadïm, küntüz
olurmadïm
) deya ta’riflanadi (K.27).
Boshqa bir misol:
Qanïŋ subča yügürti, söŋüküŋ tağča
yatdï, beglig urï oğluŋ qul boltï, silig qïz oğluŋ küŋ boltï
(Qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day (uyulib) yotdi, bek
bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang cho‘ri
bo‘ldi) (K.24). Ushbu jumlada Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i
qulab, xalq yov qo‘lida qolgan chog‘lar ta’riflangan. Unda turk
xalqining bosqinchilar siquvi ostida uqubatda qolgani, uning
qirilib borayotgani ta’riflanib, kishilar qonining to‘kilishi
daryoga, suyaklarning uyumi esa tog‘ga qiyos etiladi.
Harakatning belgisi (gap bo‘lagiga ko‘ra hol)
subča, tağča
ravishlari yordamida berilgan. Keyingi jumladagi
urï oğul
–
“o‘g‘il bola”,
qïz oğul
– “qiz bola”; erkaklarga nisbatan –
qul
,
xotin-qizlarga nisbatan esa
küŋ
so‘zi qo‘llanilgan – u “joriya”ni
bildiradi. Ushbu jumlada o‘sha kezlar
turkning beglikka loyiq
yigitlari
qul,
suluv
qizlari
esa
joriyaga
aylangani
ta’kidlanmoqda.
Urxun bitiglarini tekshirgan olimlar matnlarning tuzilishi
to‘g‘risida ikki xil qarashda: ayrimlar mazkur yodnomalarni
she’riy asar desalar, boshqa birlari ularni nasriy asar sanaydilar.
Bitiglarni nasrda yozilgan deb qarovchilarning fikricha,
jumlalarning she’rga xos bir ohangda o‘qilishiga sabab, ularda
sajdan keng foydalanganligidir.
Ta’kidlash kerak, urxun bitiglari, xususan,
Kul tigin va
Bilga xoqon yodnomalarining tuzilishi o‘ta murakkab.
Qadimgi turk monumental matn tuzish an’anasi yuksak daraja
takomil topganidan dalolat beradi. Matnning bayon shakliga
kelsak, u, asosan, nasrda. Biroq, ora-orada she’riy bo‘laklar
ham joy olgan. Muhim tarixiy hodisalarning kulminatsion
nuqtalari, milliy qahramonlarning faoliyati,
qiliqlariga oid
chizgilar she’r bilan bayon etiladi (buni o‘zbek xalq
dostonlariga qiyoslash mumkin). Yodnomalarning bu tarzda
tuzilganligi ularning badiiyligini yanada oshirgan. Kul tigin
259
bitigining so‘ngida Bilga xoqon tilidan aytilgan marsiya bunga
o‘rnakdir:
Kül tigin yoq ersär, qop öltäči ertigiz.
İnim Kül tigin kärgäk boltï,
özüm saqïntïm:
körür közüm körmäz-täg,
bilir biligim bilmäz-täg boltï,
özüm saqïntïm.
Öd täŋri yasar,
kisi oğlï qop ölügli tirimis.
(Kul tigin bo‘lmaganda butunlay o‘lar edingiz. Inim Kul
tigin vafot etdi, o‘zim alam chekdim: ko‘rar ko‘zim
ko‘rmasdek, bilar bilimim bilmasdek bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning
nuri ketdi, es-xushim og‘di], o‘zim alam chekdim. Tiriglikni
tangri
belgilaydi, kishi o‘g‘li o‘lguchidir) (Kb.10). Bu she’r
yenisey bitiglaridagi qayg‘uli yig‘i mazmunini eslatadi.
Turk monumental matnlari ichida yenisey bitiglarining
tuzilishi va uslubi o‘ziga xos. Yenisey bitiglarining muhim
belgilaridan biri ularda matn o‘likning o‘z tilidan so‘zlanadi.
Mangutoshlarda marhumning o‘z yaqinlari, yorug‘ dunyodan
ayriliq dardi, o‘kinchi bayon etiladi. Bu yig‘ilarni o‘liklar
nidosi deyish mumkin.
Bitiglarda undovlar, mungli bir
mazmun yetakchi. Bitiglardan o‘rnak keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: