2
Ushbu qo‘llanmada turkiy
yozma yodgorliklar asosida
o‘zbek adabiy tilining yuzaga kelishi va uning tarixiy
taraqqiyoti, yozma yodgorliklarning fonetik,
morfologik
o‘zgachaliklari, atamashunoslik tarixi, matn uslubi masalalari
yoritib berilgan.
Qo‘llanma Toshkent Davlat Sharqshunoslik
institutining
Sharq mumtoz filologiyasi bo‘limida o‘qiyotgan talabalar
uchun yozildi.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutining O‘quv-
uslubiy kengashi nashrga tavsiya etgan (2009 yilning 13
noyabrida bo‘lib o‘tgan 1- majlis bayonnomasi).
T a q r i z ch i l a r:
filologiya fanlari doktori, professor
H. Dadaboyev
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Q. Omonov
© Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, 2009 yil.
3
SO‘Z BOSHI
Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti Sharq mumtoz
filologiyasi ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga “Turkiy til
tarixi” fani kiritilgan. Ushbu fan turkiy (o‘zbek) adabiy tilining
yuzaga
kelishi va taraqqiyoti, ko‘hna turkiy bitiglarning til
o‘zgachaliklari to‘g‘risidagi yalpi bilimlarni qamraydi. Fanni
o‘qitishdan murod – talabalarga o‘zbek
adabiy tilining kelib
chiqishi, uning ildizlari, yuksalish bosqichlari, fonetik,
grammatik o‘lchovlarining qat’iylashuv yo‘llari,
turkiy til
lug‘at boyligining ko‘lam-qamrovi, atamalarning yuzaga kelish
tarixi, yozma til uslublari va ularning o‘ziga yarasha belgilari
haqida bilim berishdir. Bosh vazifa – o‘tmishdan qolgan turkiy
manbalarni, badiiy ijod namunalarini o‘qiy olish va ularni
hozirgi o‘zbek tiliga ag‘darish
uchun yetarli bilimlarni
shakllantirish, turkiy yozma yodgorliklar ustida ilmiy ish
yaratish yo‘llarini o‘rgatish hamda shu yo‘nalishda yetuk
mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.
Turkiy tilning ko‘p asrli tarixini bir yo‘la bir qo‘llanmada
bayon qilish qiyin. Shuning uchun
ushbu kitobda adabiy til
tarixining eng eski – uning yuzaga kelishidan boshlab XVI
yuzyillikning oxirlariga qadar kechgan taraqqiyoti to‘g‘risida
so‘z yuritiladi.
Ilgingizdagi qo‘llanma bir urinishda, o‘quv
rejasidagi
bo‘shliqni to‘ldirish uchungina yozilgani yo‘q. U uzoq yillik
izlanishlarim, talabalarga til tarixini o‘qitish yo‘lida to‘plangan
tajribalarga tayangan holda yaratildi. Shu choqqacha yiqqan
bilimlarimni, talabalar fan bo‘yicha bilishi kerak bo‘lgan
narsalarning eng keraklilarini ushbu kitobga bitdim.
Qo‘llanmani chop ettirishda yaqindan ko‘maklashgan
Sharq filologiyasi
va tarix fakultetining dekani, himmatli va
ochiqko‘ngil
yigit