9
BIRINCHI BO‘LIM. O‘ZBEK ADABIY TILINING
YUZAGA KELISHI VA YUKSALUVI
T a y a n ch t u sh u n ch a l a r:
tilning o‘tmishdagi atalishi;
türkčä, türk tili, türkî, čïğatay türkîsi,
özbek tili; til vaziyati; qadimgi
turk dialektlari; tilshunoslik tarixi.
E’ t i b o r q a r a t i l a y o t g a n m a s a l a l a r:
O‘zbek tilining o‘tmishdagi atalishi.
O‘tmishda adabiy til qanday atalgan?
Ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi til vaziyati.
O‘zbek adabiy tilining yuksaluvi.
Shoir-yozuvchilar, tarix bituvchilar, olimlar, tarjimon va
kotiblarning adabiy til yuksaluviga qo‘shgan ulushi.
Qadimgi turk dialektlari va
ularning yozma adabiy tilga
bog‘liqligi.
O‘zbek tilshunosligining tarixi. Uning yuzaga kelishi va tarixiy
bosqichlari.
O‘ZBEK TILI O‘TMISHDA QANDAY ATALGAN?
Xalq va tilining yoshi har qachon ham u atalayotgan ot
tarixi bilan o‘lchanavermaydi. Chunki muayyan til o‘z
tarixi
davomida bir qancha nom bilan yuritilgan bo‘luvi mumkin.
Buning misoli:
hozirgi
o‘zbek
,
o‘zbek tili
atamalarining kelib
chiqish tarixi uning qadar eski emas. Aslida esa o‘zbek xalqi va
tilining tarixi juda eski zamonlarga ildiz otgan bo‘lib, hozirgi
otining tarixi uning yoshini o‘zida aks ettirmaydi. O‘tmishda
hozirgi o‘zbeklar va ularning tili bir qancha nom bilan atab
kelingan.
Qadimgi turk ijtimoiy-siyosiy muhitida “xalq, ulus”
tushunchasini
äl~el, bodun~bodun, el-kün, el-ulus
so‘zlari
ifoda etgan. Bizgacha yetib kelgan ilk yozma obidalarda turkiy
qavmlarning otlari ham tilga olinadi. Masalan, ko‘k turk
bitiglarida turkiy qavmlarning umumiy oti
türk
(
türk, türk
10
bodun, türk eli
) deb atalgan. Turkiy qavmlar esa
oğuz
(bu qavm
uyushmalari
säkiz oğuz, toquz oğuz
deyilgan),
uyğur, tatar
(
tatar, toquz tatar, otuz tatar
),
qarluq, qïpčaq, qïrqïz, basmïl
otlari bilan qayd etiladi. Ba’zan bular
bodun
so‘zi bilan birikma
shaklida ham qo‘llangan:
oğuz bodun, toquz oğuz bodunï,
qarluq bodun
, “mamlakat, yurt” tushunchasini
el
so‘zi
ifodalagan:
türk qïpčaq eli
singari. Muhimi, yozma manbalarda
turkiy til va uning dialektlari ana shu qavmlarning oti bilan
atog‘liq. Bu atamalar
til
so‘zi bilan ham qo‘shib ishlatilgan.
Masalan:
oğuz tili, uyğur tili
.
Endi turkiy (o‘zbek) tilning o‘tmishdagi
otlarini yozma
yodgorliklar misolida ko‘rib chiqaylik.
Turkiy tilning o‘tmishda keng qo‘llanilgan otlaridan biri
türk
(
türkčä, türk tili
) atamasidir. Bu ot buddizmning VII–IX
asrlarga mansub “Maytri simit no‘m bitig” asarida qo‘llangan.
Chunonchi, asarda Partanarakshit
Karnavajiki otli kishi uni
to‘xri (tohar) tilidan turk tiliga tarjima qilganligi qayd etiladi:
Dostları ilə paylaş: