Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

tirkî
(
türkî, türkî tillär
singari) atamasini 
qo‘llaymiz. 
Hozirgi zamon orientalistikasida XV asrning ikkinchi 
yarmi – XVI asr boshlaridagi turkiy adabiyotning klassik 
bosqichini 
chig‘atoy adabiyoti
, tilini esa 
turkiy

eski o‘zbek tili
nomlari bilan yonma-yon 
“chig‘atoy tili”, “chig‘atoy turkiysi”
deb 
atalmoqda. 
Ushbu 
atamaning 
kelib 
chiqishi 
Chingizxonning 
o‘g‘li 
Chig‘atoyxon 
otiga 
bog‘lanadi. 
Ma’lumki, Chingizxon o‘zi bosib olgan yerlarni o‘g‘illariga 
ulashganda, O‘rta Osiyo yerlari Chig‘atoyga tekkan edi. 
Shunga ko‘ra, bu yerlar 
“Chig‘atoy eli”
, yerli xalqlar esa 
“Chig‘atoy ulusi”
, xalqning tili esa 
“Chig‘atoy tili”
deb 
atalgan. Bu ot o‘zining semantik taraqqiyoti davomida kishi 
otidan ma’muriy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy atamaga 
aylangan. Ta’kidlash kerakki, 
“Chig‘atoy ulusi”, “Chig‘atoy 
tili”
atamalarining mo‘g‘ullarga yoki ularning tiliga hech bir 
bog‘liqlig‘i yo‘q. Chunki, bu o‘lkada mo‘g‘ullar emas, turkiy 
ulus yashagan. 
“Chig‘atoy tili”
atamasi ham turkiy tilning 
(eski o‘zbek tilining) nisbiy atamasidir. 
Čïğatay
so‘zi atama sifatida XIII asrdan boshlab 
qo‘llanilgan. Manbalarga qaraganda, bu atama boshlab (XIII–
XIV asrlarda) Chig‘atoyxon sulolasi (turk-mo‘g‘ullar), davlat 
hokimiyatining oliy tabaqa vakillari, shuningdek, cherikka 
nisbatan qo‘llanilgan. 
Keyinchalik (XV 
asrda) butun 


13
Mavoraunnahr va Xurosondagi turk ulusiga nisbatan, XVI 
asrdan boshlab Mavoraunnahrdagi ham turkiy, ham forsiy tilli 
ulusga nisbatan qo‘llanilgan (Благова 1982,155–156). 
XV–XVI asrlarda bu atamaning ijtimoiy-siyosiy vazifasi 
o‘ta kengaygan bir sharoitda butun Mavoraunnahr elini, uning 
xalqini, xalqining tilini ham ifodalay boshladi: yurtini, elini 
Čïğatay, Čïğatay eli
, xalqini 
Čïğatay ulusï
, uning tilini esa 
čïğatay türkîsi
deyildi. Jumladan, Muhammad Solihning 
“Shayboniynoma” asarida: 
Čïğatay el meni özbek demäsün, 
Behuda fikr qïlïp ğam yemäsün (ŠN.111). 
“Abushqa” lug‘atida “yurt” ma’nosida 
Čïğatay, Čïğatay 
diyārï
atamalari qo‘llanilgan (DDT.96,276). 
XVI asrda yuz bergan temuriylar saltanatining inqirozi va 
Mavoraunnahrda shayboniylar hokimiyatining o‘rnatiluvi, 
o‘zbek-qipchoqlarning bu o‘lkaga kirib keluvi oqibatida ushbu 
atama ham iste’moldan chiqa boshladi. 
XIV asrda yaratilgan “Kitob-i tarjumon-i turkiy” asarida 
“turkiy”, “turkiy qipchoq tili” hamda “turkmancha”, “turkman 
tili” atamalari uchraydi. Muallifning ta’kidicha, kitob “turkiy 
qipchoq tili” qoidalariga bag‘ishlangan. “Turkmancha” yoki 
“turkman tili” materiallari esa o‘rni-o‘rni bilan qiyos sifatida 
keltiriladi. Chamasi, ushbu asarda “turkiy”, “turk qipchoq tili” 
atamasi bilan qipchoq lahjasi, “turkmancha”, “turkman tili” 
deyilganda esa o‘g‘uz lahjasi ko‘zda tutilgan. 
“Attuhfatu-z-zakiyatu fil-lug‘atit turkiya” asarida ham 
kitob turkiy (qipchoq) tili grammatikasiga bag‘ishlanganligi 
ta’kidlangan. Ushbu asarda ham, o‘rni bilan, “qipchoq tili”, 
“turkman tili” atamalari uchraydi. 
Alisher Navoiy “Nasoyimu-l-muhabbat”da Sayid Nasimiy 
haqida ma’lumot bera turib, shunday yozadi: Sayid Nasimî - 
‘Irāq va Rum tarafïdağï mülkdin erkändür. Rumî va türkmänî 
til bilä nazm aytïpdur (NM.437). Bu jumlada Navoiy 
Rumî va 


14

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin