21
Bilga (xitoy manbalarida Baoi) xotirasiga 820–821 yillarda
tiklangan Qorabalg‘asun obidasi uch til – turkiy, sug‘dcha va
xitoy tilida bitilgan. Bu dalillar turk muhitida,
ona tili bilan
birga, mazkur tillarga ham alohida e’tibor qaratilganidan
dalolat beradi. Ko‘k turk xoqonliqlarining ayrim o‘lkalarida,
xoqonliqqa qaram va unga qo‘shni yurtlarda, turklar bilan
aralash yashaydigan boshqa qavmlar ichida ikki tillilik ham
amal qilgan. Masalan, Sug‘dda va xoqonliq hududidagi
sug‘dlar ko‘chib kelib o‘rnashgan
ayrim kentlarda, sug‘d-turk
qo‘shtilliligi, Xorazmda
xorazm-turk, qo‘shni Toharda va turk
xoqonlig‘i, keyinchalik uyg‘ur xoqonlig‘ining Toharga qo‘shni
viloyatlarida, asosan, to‘xrilar orasida to‘xri-turk qo‘shtilliligi
ham amalda bo‘lgan.
O‘tmishda yaratilgan matnlar ichida ikki, uch tillilari ham
anchagina. Lekin matn ikkitilliligi bilan jamiyat orasidagi
bilingvizm (qo‘shtillilik) hodisasini qorishtirmaslik kerak.
Chunonchi, yuqorida qayd etilgan o‘lkalarda xorazm-turk,
sug‘d-turk, to‘xri-turk qo‘shtilliligi bo‘lgan. Lekin tabg‘ach-
turk qo‘shtilliligi turk jamiyati o‘tmishida uchramaydi. Turkiy
yodgorliklarda xitoycha matnlarning berilishi xitoy tilining
mavqeini nazarda tutgan holda shakllangan. Islom davrida
turklar
orasida
arab
tilining
o‘rganilishi
va
arabiy
savodxonlikning yuqori darajada bo‘lganligini ham qo‘shtillilik
hodisasi deb sanamaslik kerak. Turkiy til keyingi davrlarda
yuzaga kelgan turkiy davlat va saltanatlarning rasmiy tili
sifatida amal qildi. Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu
lug‘atit turk” asarida turkiy tilning obro‘-e’tibori,
boshqa tillar
o‘rtasidagi mavqei, O‘rta va Markaziy Osiyodagi til vaziyati
to‘g‘risida to‘la ma’lumot bergan edi. U turkiy tilning Sharq
xalqlari o‘rtasidagi mavqei xususida to‘xtalib, uni “arab tili
bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib o‘zib borayotgan
turk tili” deya ta’riflaydi (MK.I.46).
Turk bo‘lmagan jamoalar ichida turk tilini o‘rganishning
kerakligi xususida yozadi: “Ularning [turklarning] o‘qlaridan
22
saqlanmoq uchun ularning xatti-harakatlarini mahkam tutmoq
har bir aqlli kishiga loyiq va munosibdir. Bularga yaqin bo‘lish
uchun eng asosiy yo‘l – ularning tillarida so‘zlashishdir, chunki
ular bu tilda so‘zlashuvchilarga yaxshi quloq soladilar,
o‘zlarini yaqin tutadilar, ularga zarar bermaydilar.
Hatto ular
o‘z panohida turgan boshqalarning gunohini ham kechib
yuboradilar.
Ishonchli bir buxorolik olimdan va nisoburlik boshqa bir
ishonchli olimdan shunday eshitgan edim, ular bu so‘zni
payg‘ambarga nisbat berib aytgan edilar: payg‘ambar
qiyomatning belgilari, oxir zamon fitnalari va o‘g‘uz
turklarining xuruji haqida gapirganda, shunday degan edi: turk
tilini o‘rganing, chunki ularning hukmronligi uzoq davom
etadi.
Hadisning to‘g‘ri yoki to‘g‘ri
emasligining javobgarligi
aytgan kishilar gardaniga. Agar to‘g‘ri bo‘lsa, turk tilini
o‘rganish vojib(zarur)dir; hadis to‘g‘ri bo‘lmagan taqdirda ham
uni o‘rganish zarurligini aql taqazo qiladi (MK.I.43–44).
Mahmud Koshg‘ariy o‘z asarida turkiy qavmlarning
yerlashuvi, bu o‘lkalardagi xalqlarning tillari to‘g‘risida ham
keng ma’lumot beradi. Asarda ta’kidlanishicha, Rumga yaqin
birinchi qabila
Dostları ilə paylaş: