7
badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki
mashhur “Qutadg‘u bilig”
dostonining tili, lug‘at qatlamidagi
sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk
bitiglarining tili bilan aytarli birday.
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni
birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida
yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3)
Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal
qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan
grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida
qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu
XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir.
Keyinchalik
buning negizida
usmonli turkchasi
otini olgan
adabiy til yuzaga keldi);
Eski o‘zbek adabiy tili
(XIV asrdan XX yuzyillikning
boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom
etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti
bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng
yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va
an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Bu davr XX asrning boshlaridan
to shu kungacha amal qilmoqda.
Boshqa fanlarda bo‘lgani singari til tarixining ham o‘z
chegarasi, o‘rganishga asos bo‘lib
xizmat qiluvchi manbalari
bor. Til tarixi yozuv yodgorliklariga tayangan holda muayyan
tilning yuzaga kelishi, uning tarixiy taraqqiyoti, hozirgi
ko‘rinishiga kelgunga qadar yuz bergan o‘zgarishlar, ularning
yuz berishida amal qilgan qonuniyatlarni tadqiq etadi. Turkiy,
xususan, o‘zbek tilining tarixi quyidagi tayanch manbalar
asosida o‘rganiladi:
1.
O‘tmishdan qolgan yozma yodgorliklar
. Til tarixini
o‘rganishda eng ishonchli manba bizgacha yetib kelgan yozuv
yodgorliklaridir. Turkiy tilda yaratilgan diniy-falsafiy asarlar,
badiiy adabiyot namunalari, tarix kitoblari, epigrafik matnlar,
8
qabrtosh
yozuvlari, huquq ishlariga, xo‘jalik ishlariga tegishli
bitiglar va boshqa yozma obidalar turkiy tillar tarixini
o‘rganishda eng muhim manbalar sanaladi. Muhimi shundaki,
ilk va o‘rta asrlarda turkiy tildagina emas, xitoy, sug‘d, fors,
arab tillarida turkiy tillar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asarlar,
lug‘at va grammatika kitoblari yaratilgan. Ushbu asarlar ham
turkiy tillar tarixini o‘rganishda tayanch manbalar bo‘la oladi.
2.
Xalq og‘zaki ijodi (folklor) materiallari.
Xalq afsonayu
dostonlari,
rivoyatu
ertaklari,
qo‘shiqlari,
maqol
va
iboralarining ayrimlari juda eski zamonlarga ildiz otgan.
Folklor materiallari badiiy tafakkurdagi eski an’analarga, til
an’analariga izchil amal qiladi. Asrlar bo‘yi
yuzaga kelgan
ushbu ijod namunalari eski til belgilarini yaxshi saqlaydi.
Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi asarlari tilidan til tarixi
materiali sifatida ham foydalanish mumkin.
3.
Hozirgi turkiy tillar va ularning shevalari.
Turkiy tillar
va xalq shevalari eski turkiy tilning yuzyilliklar osha fonetik,
leksik-semantik,
grammatik,
stilistik
jihatdan
o‘zgarib,
takomillashib, turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy
hayoti talablariga bo‘ysungan holdagi hozirgi ko‘rinishidir.
Ayniqsa, xalq tili o‘tmish an’analarini o‘zida yaxshi saqlaydi.
4.
Joy otlari (toponimlar), geografik atamalar, xalq otlari
(etnonimlar)
. Shahar, qishloq otlari, suv otlari (gidronimlar) va
boshqa geografik atamalar, etnonimlar tilning eski qoldiqlarini
o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular til tarixini
o‘rganishdagi muhim manbalardan bo‘la oladi.
S o‘ r o q v a t o p sh i r i q l a r:
Lutfan
umumxalq tili
va
adabiy til, og‘zaki
va
yozma til
tushunchalarini izohlab bering. O‘tmishda bular qanday atalgan?
O‘zbek tilining tarixi qanday bosqichlarga bo‘lib o‘rganiladi?
O‘zbek tilining tarixi qanday manbalar asosida o‘rganiladi?
O‘rnaklar bilan tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: