Qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/150
tarix13.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#175579
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Qosimjon.asosiy kitob

Qarluqcha so‘zlar:
ulïčïm
“o‘g‘ilcham, qarog‘im” (I.86), 
suğut
“suzma” (I.337), 
ït kerdi
“it vovulladi” (II.15). 
Qipchoqcha so‘zlar:
ökil ekil
“ko‘p” (I.103), 
aba
“ayig‘” 
(I.113), 
sulaq
“qora jigar” (I.390), 
ajan
“ikki yelkanli kema” 
(I.144). 
Arg‘ucha so‘zlar:
(arg‘ular ikki tilda so‘zlashuvchilar deb 
ko‘rsatiladi I.65): 
uδluq
“og‘il, molxona” (I.124), 
iδrik (
“qattiq narsa” (I.128), 
oğla
“yosh yigit” (I.149), 
qïz kiši
“baxil 
odam” (I.315), 
bük
“burchak” (I.321), 
čigit
“paxta urug‘i, 
chigit” (I.337), 
köδäj
“ko‘za” (I.341), 
qaδïq
“yog‘och idish” 
(I.363), 
tudrïč
“go‘ng” (I.422), 
baštar
“o‘roq” (I.424), 
bitrik
“pista” (I.441). 
Yag‘mocha so‘zlar:
čarun
“chipor daraxti” (I.392), 
čignä
“surgi” (I.408). 
Bulg‘orcha so‘zlar:
awus
“mum” (I.91). 
Barsag‘ancha so‘zlar:
arïğ
“chodir pardasi” (I.94), 
tünäk 
“zindon” (I.387), 
sökti
“kepak” (I.394), 
ačï
“keksa xotin” 
(I.114). 


67
Qashqarcha so‘zlar:
sibüt
“kashnich” (I.337), 
butïq
“kichik mesh” (I.358). 
Turkmancha so‘zlar:
qarït
“o‘g‘irlash, talash” (I.338), 
taquq
“tovuq” (II.330). 
Kanjakcha so‘zlar:
kenbä
“bir o‘simlik” (I.393), 
körkä
“yog‘och kosa” (I.405). 
Devonda bir guruh so‘zlar bir qancha dialektlar uchun 
umumiy bo‘lgan deb ko‘rsatiladi. Jumladan, quyidagi so‘zlar 
o‘g‘uz va qipchoqlarda qo‘llanilishi ta’kidlangan: 
alïğ
“har 
narsaning qaytarilishi” (I.95), 
arïq
“oriq, zaif” (I.97), 
čufğa 
(čuwğa?)
“yo‘l boshlovchi, rahbar” (I.400). Yoki yana 
misollarni kuzating: 
ebmäk
“non” (yag‘mo, tuxsi va ba’zi 
o‘g‘uz va qipchoqlar so‘zi) (I.126), 
urğa
“katta daraxt” (o‘g‘uz 
va arg‘ucha) (I.148), 
benäk
“urug‘” (arg‘u va ba’zi 
dialektlarda) (I.367). 
Ayrim so‘zlar bir dialektda ma’lum bir shaklda bo‘lsa, 
ikkinchi dialektda uning o‘rnida boshqa so‘z qo‘llanilgan. Bu 
narsa Mahmud Koshg‘ariy tomonidan ham alohida qayd 
etilgan: Masalan, boshqa turklar idish, kosa, piyolani 
ayaq
desalar, o‘g‘uzlar uning o‘rnida 
janaq (čanaq?)
so‘zini 
qo‘llaganlar (I.112), turklar 
aδïn
(boshqa, bo‘lak) desalar, 
o‘g‘uzlar 
aδruq
deganlar (I.124), boshqalar kamar, to‘qa va 
egarning boshiga o‘rnatish uchun oltin-kumushdan ishlangan 
ziynatni 
üstäm
, o‘g‘uzlar esa 
saxt
deganlar (I.131), turklar 
almïla
(ya’ni olma) desalar, o‘g‘uzlar 
alma
so‘zini qo‘llaganlar 
(I.150), boshqa turklar har bir oq rangni 
örüŋ
, o‘g‘uzlar 
aq
// 
a:q
deganlar (I.153), boshqalar sharob, musallas, mayni 
süčik

Ila vodiysida yashovchilar (yag‘mo, tuxsi va chigillar) mayni 
qïzïl süčik
deb ataganlar (I.387). Ko‘pchilik turklar 
čïqtï 
desalar, yag‘mo, tuxsi, yaboqu, qipchoq va ba’zi turkman 
urug‘lari xuddi shu ma’noda 
tašïqtï
so‘zini qo‘llaganlar: 
er 
ewdin tašïqtï
“odam uydan tashqari chiqdi” (II.131). 
Leksik qatlam orasida bir dialektda ma’lum ma’noda, 
boshqasida ikkinchi ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlar ham 


68
bo‘lgan: 
Chigil 
turklarida 
uluš
“qishloq” 
ma’nosida 
qo‘llanilgan bo‘lsa, Balasag‘un va ularning yuqori yonidagi 
arg‘ular tilida “shahar” ma’nosini anglatgan (I.94), boshqa 
turklarda 
iŋäk
so‘zi “sigir” ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa, 
o‘g‘uzlar toshbaqaning urg‘ochisini shu so‘z bilan ataganlar 
(I.135), boshqalar oshxonani 
ašlïq
, o‘g‘uzlar bug‘doyni 
ašlïq
deganlar (I.137), boshqa turklar burgutni va Mushtariy 
yulduzini 
qara quš
deb atagan bo‘lsalar, o‘g‘uzlar tuya 
oyoqlarini uchiga ham shu so‘zni qo‘llaganlar (I.319). “
Kend
– 
o‘g‘uzlar va ular bilan yaqin turuvchilar tilida qishloq. 
Ko‘pchilik turklar nazdida viloyatdir” (I.330), boshqa turklar 
qurt (hasharot)ni 
qurt
deganlar, faqat o‘g‘uzlar bo‘rini shunday 
deb atagan (I.328), boshqalar odamlar orasidagi shodlik va 
kulgini 
baδram
, o‘g‘uzlar hayit kunini 
bayram
deydilar (I.447). 
Turklar 
sen
so‘zini kichiklarga, xizmatchilarga hamda 
so‘zlovchidan daraja, martaba, yoshda quyi bo‘lgan kishilarga 
nisbatan qo‘llaganlar. O‘zlaridan yuqori hurmatli kishilarni 
siz
deganlar. O‘g‘uzlar esa, aksincha, kattalarga 
sen
, kichiklarga 
siz
deb qo‘llaydilar. Ko‘plikda ham shuni ishlatganlar (I.326). 
Ko‘pchilik turklarda 
čapïldï
so‘zi “suvaldi, chapildi” 
ma’nolarini anglatgan bo‘lsa, uyg‘urlarda bu so‘z “bo‘yniga 
urmoq” ma’nosidadir (II.135). 
Polisemantik so‘zlarning ba’zi bir ma’nolari ayrim 
dialektlardagina amal qilgan. Chunonchi, o‘g‘uzlarda 
čaqdï 
so‘zining “eshittirdi, aytdi” ma’nosi ham qo‘llanilgan: ol sözüg 
anïŋ qulaqqa čaqdï “u so‘zni uning qulog‘iga eshittirdi” (II.24). 
Soqdï
(maydaladi; cho‘qidi; chaqdi) so‘zining “chaqmoq” 
ma’nosi o‘g‘uzlarga xosdir: 
anï yïlan soqdï
“uni ilon chaqdi” 
(II.26). 
Bir guruh so‘zlar dialektlarda stilistik jihatdan ham 
chegaralangan edi. Jumladan, 
qïldï
salbiy ma’noda ham 
qo‘llanilgani sababli, o‘g‘uzlar undan qochib, uning o‘rnida 
etti
so‘zini qo‘llaydilar: er yükünč etti “odam namoz o‘qidi”. 
Turklar esa qïldï so‘zini qo‘llaganlar (II.33). Yoki turklardagi 


69
tegindi
– “erishdi, muyassar bo‘ldi” ma’nosidagi so‘zini, devon 
muallifining yozishicha, o‘g‘uzlar “yoqtirmaydilar” (II.166). 
O‘zlashgan so‘zlarning miqdori bo‘yicha ham dialektlar 
orasida farq bo‘lgan. Buni Mahmud Koshg‘ariyning quyidagi 
ma’lumotida 
ham 
ko‘ramiz: 
“O‘g‘uzlar 
forslar 
bilan 
aralashgach, ba’zi so‘zlarni unutdilar va ularning o‘rniga 
forscha so‘zlar qo‘llay boshladilar: 
qumğan
o‘rnida 
āftāba

baqan
o‘rnida 
qalïda
(bo‘yin tumor)” (I.406). 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin