329
tamg‘ani (80) ko‘nglimizda tamg‘aladik: birinchisi – sevgi –
Azrua tangri (81) tamg‘asi; ikkinchisi – e’tiqod – Kun-oy
tangri tamg‘asi; uchinchisi – (82) qo‘rquv – besh tangri
tamg‘asi; to‘rtinchisi – dono fikr – (83) burxonlar tamg‘asi.
Tangrim, aqlimizni, ko‘nglimizni bu to‘rt (84) xil tangrilardan
qaytargan bo‘lsak, o‘rnidan qo‘zg‘atgan (85) bo‘lsak, tangri
tamg‘asi buzilgan bo‘lsa, endi tangrim, yozug‘imizni (86)
kechirgin deb o‘tinurmiz. Yozug‘imizni kechirgaysan.
To‘qqizinchi
(bo‘lim).
(87)
O‘nta
diniy
aqoidni
tutganimizda: uchtasi og‘iz bilan bog‘liq, uchtasi (88) ko‘ngil
bilan, uchtasi qo‘l bilan, biri butun o‘zlik bilan bog‘liq
(aqoidlarni) tugal tutmoq (89) kerak edi. Tangrim, bilib-bilmay
vujud farog‘atiga (90) berilib, yomon yo‘ldosh, o‘rtoqlarning
so‘ziga kirib, ko‘ngil bilan (91) ko‘rib, mol-mulkka hirs qo‘yib
yoki hojatimizni (92) ko‘zlab bu o‘nta diniy aqoidni buzgan
bo‘lsak, qancha zarar (93) yetkazgan bo‘lsak, tangrim, endi
yozuqdan qutqarg‘il deya o‘tinurmiz. (94) Yozug‘imizni
kechirgaysan!
Dostları ilə paylaş: