Turk o‘g‘uz beklari, xalqi eshiting!
Yuqoridan osmon
bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, davlatingni,
hukumatingni kim buzdi? ..... (23) o‘kin, ko‘rguliging uchun,
tarbiya qilgan dono xoqoningni, yemirilgan, ketgan ezgu
davlatingga. O‘zing yanglishding, (oraga) yomonni kirgizding.
Qurolli qaydan kelib tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib
314
surib ketdi? Qutlug‘ O‘tukan yish ......... (24) bording, g‘arbga
borolguncha bording. Borgan yerda ezgulik shu bo‘lsa kerak:
qoning suvday oqdi, suyaging tog‘day (uyulib) yotdi, bek
bo‘ladigan o‘g‘il bolang qul bo‘ldi, suluv qiz bolang joriya
bo‘ldi. (Buni) bilmagani uchun ...... (25) Boshlab qirqiz
xoqonining balbalini tikdim.
Turk xalqining oti, dong‘i yo‘qolmasin deya otam xoqonni,
onam xotunni ko‘targan Tangri, el bergan Tangri turk
xalqining oti, dovrug‘i yo‘q bo‘..... (26) xoqon qilib o‘rnatdi.
Mol-mulkli xalqqa (xoqon) bo‘lmadim. Ichi oshsiz, tashi
to‘nsiz, bechorahol xalq uzra (xoqon) bo‘ldim. Inim Kul tigin
bilan so‘zlashdik. Otamiz, amakimiz qoz[ongan] ....... (27)
deya turk xalqi uchun tun uxlamadim, kunduz o‘tirmadim.
Inim Kul tigin bilan, ikki shad bilan o‘la-yita (zafar) qozondim.
Shu xilda (zafar) qozonib, uyushgan xalqni o‘t-suv qilmadim.
Men ...... (28) ketgan xalq o‘la-yita yayov, yalang‘och qaytib
keldi. Xalqni tarbiyalayin deya shimolga o‘g‘uz xalqi tomon,
sharqqa qitan, tatabi xalqi tomon, janubga tabg‘ach tomon
ulug‘ lashkar [bilan] o‘n ikki .... (29) keyin, Tangri yorliqasin,
qutum bor uchun, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni
tiriltirib, oyoqqa qo‘ydim. Yalang xalqni to‘nli, qashshoq
xalqni boy qildim, oz xalqni ko‘paytirdim. Panohtalab
davlatlida, ..... (30) xalqni butunlay do‘st qildim, yovsiz qildim
(?), butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi
shunday hokimiyatni qozonib, inim Kul tigin (Yaratganning
O‘ziga) kerak bo‘ldi [ya’ni vafot etdi].
Otam xoqon o‘lganda inim Kul tigin yet...... (31) Umaydek
onam xotun baxtiga inim Kul tigin er (degan) ot qozondi. O‘n
olti yoshida amakim xoqon davlatini, hokimiyatini shu xilda
qozondi. Olti chub [viloyat] sug‘dlari tomon qo‘shin tortdik,
tor-mor qildik. Tabg‘ach o‘ng tutuq besh t..... (32) Kul tigin
yayov otilib hujum qildi. O‘ng tutuq yo‘lboshchisini yaroqli
qo‘li bilan tutdi, yaroqlangan holda xoqonga tortiq qildi. U
cherikni o‘shanda yo‘q qildik. Yigirma bir yoshida Chacha
315
Sunga urush qildik. Eng avval Tadqas cho‘rning bo‘z ..... (33)
o‘ldi. Ikkinchi (bor) Ishbara Yamtar bo‘z otini minib hujum
qildi. U ot o‘shanda o‘ldi. Uchinchi (bor) Yagansil bekning
yasatilgan to‘riq otini minib hujum qildi. U ot o‘shanda o‘ldi.
Yarog‘iga, yopinchig‘iga yuzdan ortiq o‘q bilan urdi. Badanga
boshiga bir t....... (34) hujum qilganini, turk beklari, yaxshi
bilasiz. U lashkarni yo‘q qildik. Undan keyin yer bayirqu[li]
Ulug‘ Erkin yov bo‘ldi. Uni quvib, Turgi Yarg‘un ko‘lda tor-
mor qildik. Ulug‘ Erkin ozgina yigiti bilan qochib ketdi. Kul
tigin ..... (35) .....[yoshi]da Qirqiz tomon qo‘shin tortdik. Nayza
botimi qorni yorib, Ko‘gman yishga ko‘tarilib yurib, qirqiz
xalqini qo‘qqisdan bosdik. Xoqoni bilan Sunga yishda jang
qildik. Kul tigin Bayirquning [oq ayg‘irini] (36) minib otilib
hujum qildi. Bir erni qo‘li bilan urdi, ikki erni biryo‘la sanchdi.
O‘sha kurashda Bayirquning oq ayg‘irining kuragini sindirib
urdi. Qirqiz xoqonini o‘ldirdik, davlatini oldik. O‘sha yili
turgash .... (37) ko‘tarilib, Ertis daryosini kechib yurdik. Turgas
xalqini qo‘qqisdan bosdik. Turgas xoqon qo‘shini Bo‘luchuda
o‘tday-bo‘ronday keldi, jang qildik. Kul tigin Bashg‘u (laqabli)
bo‘z otini minib hujum qildi. Bashg‘u bo‘z k..... (38) tutqazdi.
Ikkisini o‘zi oldirdi. O‘shanda yana (jangga) kirib, Turgas
xoqon(ning) vazirini, az tutug‘ini qo‘li bilan tutdi. Xoqonini
o‘shanda o‘ldirdik, elini oldik. Turgas qora xalqi butunlay taslim
bo‘ldi. U xalqni Tabarda qo‘........ (39) So‘g‘daq xalqini
tuzatayin deya Yinchu o‘guzni kechib, Temir qopiqqa qadar
lashkar tortdik. Shundan keyin qora turgas xalqi yov bo‘lgan
Kangras tomon bordi. Bizning lashkar(imizning) oti oriq, ozig‘i
yo‘q edi. Yomon kishi er...... (40) alp er bizga (?) hujum qilgan
edi. O‘shanday zamonda o‘kinib, Kul tiginni oz er bilan izlatib
yubordik. Katta jang qilibdi. Alp Shalchi oq otini minib hujum
qilibdi. Qora turgas xalqini o‘shanda o‘ldiribdi, qo‘lga olibdi.
Qaytib yurib ........
Kb
316
(1)........ bilan, Qushu tutuq bilan jang qilibdi. (Uning)
jangchilarini xo‘p o‘ldiribdi, uy-joyini ....... hujum qilib
butunlay keltirdi.
Kul tigin yigirma yetti yoshida qarluq xalqi begonalashib
[orada ziddiyat chiqib], yov bo‘ldi. Tamg‘iduq bashda jang
qildik. (2) Kul tigin o‘sha jangda o‘ttiz yashar edi. Alp Shalchi
(laqabli) oq (oti)ni minib, otilib hujum qildi. Ikki erni
birvarakayiga sanchdi. Qarluqni o‘ldirdik, (qo‘lga) oldik. Az
xalqi yov bo‘ldi. Qora ko‘lda jang qildik. Kul tigin o‘ttiz bir
yashar edi. Alp Shalchi (laqabli) oq (oti)ni (3) minib, otilib
hujum qildi. Az Eltabarni qo‘lga tushirdi. Az xalqi o‘shanda
yo‘q bo‘ldi.
Amakim xoqonning davlati zaiflashganda, xalq nochor
qolganda izgil xalqi bilan jang qildik. Kul tigin Alp Shalchi
oqini minib, (4) otilib jang qildi. U ot o‘shanda tush....... Izgil
xalqi o‘ldi. To‘quz o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi. Ko‘k-er fitnali
bo‘lgani uchun yov bo‘ldi. Bir yilda besh bora jang qildik.
Boshlab, To‘g‘u shahrida jang qildik. (5) Kul tigin Azman
oqini minib, otilib hujum qildi. Olti erni sanchdi, lashkar
hujumida
yettinchi
erni
qilichladi.
Ikkinchi
marta,
Qushlag‘aqda [ ]z bilan jang qildik. Kul tigin Az kul rang
(ot)ini minib, otilib hujum qilib, bir erni sanchdi, (6) to‘qqiz
erni qurshab urdi. [ ]z xalqi o‘shanda o‘ldi. Uchinchi bor,
Bo‘l.........nda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin Azman oq
(ot)ini minib hujum qildi, sanchdi. Lashkarini sanchdik,
davlatini oldik. To‘rtinchi bor, Chush boshida jang qildik. Turk
(7) xalqi oyoqdan qoldi, yomon bo‘ladigan edi. Ilgari kelgan
lashkarini Kul tigin turg‘izib otlantirib, bir qavm alp o‘n erni
To‘nga tigin azasida qurshab olib o‘ldirdik. Beshinchi bor,
Azganti Qadanda o‘g‘uz bilan jang qildik. Kul tigin (8) Az kul
rang (ot)ini minib hujum qildi, ikki erni sanchdi. Shaharga
bormadi. O‘g‘uz o‘shanda o‘ldi. ....... qo‘rg‘onda qishlab,
bahorda O‘g‘uzga lashkar (bilan) chiqdik. Kul tiginni beklarga
bosh qilib jo‘natdik. O‘g‘uz dushman o‘rdani bosdi. Kul tigin
317
(9) O‘gsuz (laqabli) oq(ot)ini minib to‘qqiz erni sanchdi.
O‘rdani bermadi.
Xotima
Onam xotun, keyingi onalarim, akalarim, kelinlarim,
xonzodalarim, buncha(ngiz) ham tirigi(ngiz) cho‘ri bo‘lar edi,
o‘ligi(ngiz) vayronada, yo‘lda yotib qolar edingiz.
(10) Kul tigin bo‘lmaganda butunlay o‘lar edingiz. Inim
Kul tigin vafot etdi, o‘zim alam chekdim; ko‘rar ko‘zim
ko‘rmasdek, bilar bilimim bilmasdek bo‘ldi [ya’ni ko‘zimning
nuri ketdi, es-hushimdan og‘dim], o‘zim alam chekdim. Umrni
Tangri belgilaydi. Inson bolasining bari o‘lguchidir. (11)
Shunchalik alam chekdimki, ko‘zda yosh kelsa, azob berib
ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim.
Ikki
shad
keyingi
ini-jiyanim,
o‘g‘lonim,
beklarim,
xalqim(ning) ko‘zi-qoshi yomon bo‘ladi deb qayg‘urdim.
Azachi, yig‘ichi, qitany tatabi xalqini boshlab (12) Udar
sangun keldi. Tabg‘ach xoqondan Isyi Liki keldi. Bir tuman
ipak, oltin, kumushni sonsiz keltirdi. Tuput xoqondan bo‘lun
keldi. Janubda kunbotardagi sug‘d barchalar(?), uch qora ulus
xalqidan Nang sangun, O‘g‘ul tarqan keldi. (13) O‘n o‘q
o‘g‘lim Turgas xoqonidan Maqarach tamg‘achi, O‘g‘uz Bilga
tamg‘achi keldi. Qirqiz xoqonidan Tardush Inanch-cho‘r keldi.
Bino quruvchi, naqsh solingan bitigtosh yasovchi tabg‘ach
xoqonining chanqani(?) Chang Sangun keldi.
K.III
Kul tigin qo‘y yilida, [birinchi oyning?] o‘n yettinchi
(kuni)da o‘ldi. To‘qqizinchi oy(ning) yigirma yettisida azasini
o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitigtoshini maymun yilida,
yettinchi oy(ning) yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kul
tigin u......... qirq yetti yosh (?) tosh .......... buncha naqshni
Tuyg‘un Eltabar keltirdi.
Ks
318
(1) Inanchu bobo Yarg‘an tarqan otini ......... (2) Qurdanni
o‘rdi. Inim Kul tigin ........ mehnatini, kuchini bergani uchun
turk Bilga xoqon yerida inim Kul tiginni kuzatib o‘tirdim.
Ilova
[Y o ‘ l l u g ‘ t i g i n s o ‘ z i ]:
K.II
Buncha bitigni bitiluvchi Kul tiginning jigari Yo‘llug‘ tigin
bitdim. Yigirma kun o‘tirib, bu toshga, bu binoga to‘liq
Yo‘llug‘
tigin
bitdim.
Panohtalab
o‘g‘loningizga,
tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz, vafot
etdingiz. Tangri yashatuvchidir.
Dostları ilə paylaş: |